Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish


Download 309.98 Kb.
bet49/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

12.3.Banklarni qayta tashkil etish va tugatish
Bankni qayta tashkil etish raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. Davlat yagona ta’sischisi bo‘lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun asos bo‘ladi. Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi. Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo‘la olmaydi. Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e’tiboran olti oy ichida tamomlanadi. Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling