Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi)


Download 309.98 Kb.
bet47/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs;
muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv a’zolari bo‘lmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan xodimlari;
mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror;
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank;
chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs;
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish.18
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar ochish, faoliyat yuritish va tugatishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini nazorat qiluvchi Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatarlari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Farmonlari va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bank sohasiga doir bo‘lgan huquqiy va me’yoriy hujjatlar tarkibiga kiritish mumkin.
Bundan tashqari Respublika bank tizimini boshqarish va nazorat qilish maqsadida Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Tijorat banklari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qo‘yiladi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling