Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarValyuta opsionlari birinchi marta 1982 yilda Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan. SHundan keyin valyuta opsionlari bilan savdolar jahonning ko‘pgina birjalarida amalga oshirila boshladi. Opsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uni qanday ishlatilishini bilish lozim. Fyuchers va forvard bitimlaridan farqli ravishda u majburiyat emas, balki huquqdir. Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u xaridorga biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan miqdorini oldindan belgilangan vaqtda va kursda etkazib berish bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan valyutani oldindan belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi. Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham xedjirlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 % birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi.47 Valyuta opsionida fyuchers savdosida qatnashmaydigan ekzotik valyutalar uchun ham bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. Valyuta opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin. Quyidagi etti omil opsion narxini shakllantiradi: Valyuta kursi. Strayk baho (realizatsiya bahosi). Valyuta kursining volatillik darajasi. Amalga oshirilish muddati. Foiz stavkalaridagi farqlar. Bitim turi (koll yoki put). Opsionning modeli – amerika yoki evropa opsioni. Ushbu etti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan valyuta kursiga qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini o‘zgarishini va uni shakllantirishda quyidagi indekslardan foydalaniladi. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling