Yevropa davlatlari iqtisodiy uyushmasi – 1957 yilda Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonida shartnoma asosida tuzilgan iqtisodiy uyushma tashkil topgan kundan boshlab hozirgi kungacha mazkur uyushmaga G‘arbiy Yevropadagi 26 davlat a’zo bo‘lgan.
Uyushmaning maqsadlariga muvofiq:
A) Davlatlar aro bojxona uyushmasi tuzilgan.
B) Mehnat kuchi, xizmatlar va kapitallar umumiy bozori tuzilgan.
V) Qishloq xo‘jaligi va transportda o‘zaro kelishilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
G) Davlatlarning iqtisodiy kamchiligini yaqinlashtirish tadbirlar amalga oshirilmoqda.
D) Uyushma a’zolar bilan boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishilgan savdo-sotiq siyosatini amalga oshiriladilar.
Jahon valyuta tizimi – jahon bozorining rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo bitimlar bilan mustaxkamlangan xalqaro pul- kredit munosabatlari.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog‘langan mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozori xizmat qiluvchi maxsus infratuzilmaga ega bo‘lib, u xalqaro uyushmalar, banklar, birlashmalar, auksionlar, birjalar va har xil fondlardan iborat.
Ijtimoiy yo‘naltirilagn bozor munosabatlari – bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish g‘oyasiga asoslanadi ya’ni, talab va taklif, narxning erkin shakllanishi va raqobatchilik bozorining shart-sharoitlarini belgilaydi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi erkin tadbirkorlikka, iste’mol tovarini ihtiyoriy tanlashga, bozordagi muayyan ahvoldan kelib chiqqan xolda tadbirkorlar imkoniyatlari belgilanishiga asoslanadi.
Import – ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat ko‘rsatish. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va milliy iqtisodiyot ehtiyojiga hamda uning eksport salohiyatiga bog‘liq.
Investitsiya – (lotincha “investicio” – joylamoq) mablag‘ni ma’lum boylikni, qo‘shimcha daromad olish maqsadida, ishlab chiqarish, yoki boshqa sohasha joylashtirish, mablag‘ sarflash demakdir, “vnvestitsiya” va “mablag‘ sarflash” teng kuchli so‘zlar deyish mumkin. Tadbirkorlik va boshqa faoliyatlar turlariga qo‘shiladigan barcha moddiy hamda nomoddiy boyliklar investitsiya hisoblanadi.
Bu boyliklar quyidagicha bo‘ladi:
pul vositalari, maqsadli bank omonatlari hissalar, aksiyalar, sug‘urta hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar:
kuzatish mumkin bo‘lgan va ko‘chmas mulk;
mualiflik huquqidan kelib chiqadigan mulkiy va nomulkiy huquqlar, boshqa intelektual huquqlar;
boshqa boyliklar.
Investitsiyalar uzoq, o‘rta va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Uzoq muddatli investitsiyalar, asosan, qimmatbaho va murakkab laxzalarda amalga oshiriladigan, ular uzoq muddat davomida o‘zini-o‘zi qoplaydi. (10 va undan ortiq yillar) qisqa muddatni investitsiyalar odatda bir yilga bo‘linadi.
Integratsiya, iqtisodiy integratsiya – mustaqil xo‘jalik faoliyatining milliy, mintaqa va xalqaro miqyosda o‘zaro birlashib yahlit xo‘jalik tizimini tashkil etishi. Natijada iqtisodiyotning xalqaro darajada globallashuvi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |