Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvertatsiyalangan (erkin almashtiriladigan) valyuta
- Milliy siyosat
- Millatlararo totuvlik
Ko‘p ukladli iqtisod – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan bozor iqtisodiyoti. Bunda, asosan erkin bozor qonunlari va tamoyillari hukmronlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, bir biri bilan erkin raqobatlashadigan xo‘jalik tuzilmalarini taqozo etadi, o‘z tabiatiga ko‘ra xilma-xil iqtisodiy asosga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi.
Kapital – o‘zini-o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat. Kapital doimiy va o‘zgaruvchan, asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi; sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali shakllarida faoliyat yuritadi. Konvertatsiyalangan (erkin almashtiriladigan) valyuta – har qanday xorijiy davlatlar valyutalariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‘lgan valyutalar. Kredit – pul vositalarini, tovar va xizmatlarni ma’lum ustama haq to‘lab qaytarib berish sharti bilan biror muddatga qarzga berish. Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, iqtisodiyotga davlat aralashuvini, korxonalarga iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulkining davlat tomonidan himoyalanishi. Milliy siyosat – ushbu so‘z birikmasi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchisi – muayyan milliy davlat amalga oshirilshan umumiy siyosat. Ma’lumki, davlat asosan, milliy negizida shakllanadi masalan Fransiya – fransuzlar asosiy millatni va aholining ko‘pchiligini tashkil qilgan davlat. “Milliy siyoat” so‘z birikmasining ikkinchi ma’nosi shundan iboratki, ko‘pchilik davlatlarda, ayniqsa mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDX) mansub mamlakatlarda millatlar aro munosabatlarga tegishli siyosat ma’nosini bildiradi. Hozirgi kunda o‘zbeklar O‘zbekiston aholisining deyarli 4/5 qismini tashkil qiladi. Millatlararo totuvlik – bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosi. Menejment – (fransuzcha “menagment” – xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish) – samarali ishlab chiqarish faoliyatini ta’min etish, manaviy hamda moddiy zahiralardan foydalanish shakllari, usullari va vositalarining jami. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda menejment ko‘p tarmoqli bo‘lib, unga o‘rganish, o‘qish va bilish, menejment soxasidagi ishlarnitakomillashtirish juda keng taraqqiy etgan o‘quv-o‘rganuv yo‘naligidir. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling