Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Totalitarizm
- Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”
Suverenitet – (fransuzcha “Souverainite” – mustaqillik, oliy hokimiyat) uning mazmuni: Davlat suvereniteti – davlatning ichki va tashqi siyosatidagi to‘la mustaqilligi demakdir. Davlat suverenitetligining asosiy belgilari: A) Davlatning barcha organlari va fuqarolarga qaratilgan qonunlarni qabul qilish; B) Urush va janglik masalasini hal qilish; V) Oxirgi bosqichda sud hokimiyatini amalga oshirish; G) Mansabdor shaxslarni taynlash; D) Avf etish – jinoyat hosil qilgan shaxsni jazodan ozod qilish. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida davlat suverenitetligi masalasida alohida bob ajratilgan bo‘lib uning birinchi moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” deyiladi.
Sanatsiya (lot. sanatio – davolash, sog‘lomlashtirish) – korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini, uning barbod bo‘lishi oldini olish yoki raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida davlat yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berish. Soliqlar – davlatning korxona va tashkilotlaridan hamda aholidan undiriladigan pul mablag‘lari. Totalitarizm – (lotincha “Totalitare” – yaxlit, to‘liq) – bir shahsning, ijtioiy sinf yoki guruhning (masalan, harbiylar guruhi) yakka hokimligiga so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan, vaqtincha va o‘tkinchi siyosiy tartib, davlatni boshqarish shakllaridan biri. Totalitar davlat boshqaruvi shakli o‘rnatilgan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha sohalarida davlatning to‘la hukmronligi o‘rnatiladi, oshkora ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Demokratik tashkilotlar faoliyati cheklab qo‘yiladi. Bir siyosiy partiyaning yakka hukmronligiga asoslangan. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” – milliy davlatchiligimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kamol toptiruvchi o‘z taraqqiyot yo‘lidir. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” besh tamoyilga asoslanadi. Tovar – bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. Tovar shunday mahsulotki, u ishlab chiqaruvchilarning emas, balki boshqalarning talab ehtiyojlarini qondirish uchun yaratiladi. “Falaj” – (“Shok”) holatida bozor sari borganligini ko‘rsatdi, ya’ni bozor munosabatlariga sakraydi. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling