Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet82/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

Xususiy tashkilotlar – demokratik davlatlarda, individuallar va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan ro‘znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvesiya va ko‘plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) sanoat va xizmat ko‘rsatishni ayrim tarmoqlariga davlatning o‘zi egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o‘zi aksariyat uyushmalar va tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar davlatning ruhsatisiz biror bir guruhga birlasha ham olmaydilar.
Xalqaro tashkilotlar – mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlar (assotsiatsialar) ming siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan birlashmalar, mamlakatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik qilishning eng muhim turlaridan biri. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, ularning vazifalari va faoliyati har bir davlat chegarasidan chetga chiqadi. Xalqaro tashkilotlar BMT terminologiyasida “Hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Hozirgi kunda jahonda 350dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud.
Sivilizatsiya – (lotincha “Civilis” fuqaroviy, ijtimoiy, ya’ni harbiylar va dindorlar hukmronligisiz) jamiyatning o‘z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamda ularni yanada ko‘paytirib, takomillashtirib borish usullarining majmui. sivilizatsiyaning tarixiy urushlar va diniy jaholatparastlikka qarshi, dunyoviy jamiyat uchun kurash tarixidir.
Shovinizm – (fransuzcha “Chauvinisme” – ashaddiy millatchilik, milliy ustunlik g‘oyasi va siyosatning ifodasi. XIX asrning boshlarida Fransiyada paydo bo‘lgan shovinizm atamasi oddiy askar N.Shavenning nomidan kelib chiqqan. Endilikda milliy ekstremizmning namoyon bo‘lishi ma’nosida ham ishlatilmoqda. Buyuk davlatchilik shovinizmni muayyan siyosiy kuchlarning, ko‘pmillatlik davlatlardagi yetakchi millatlarning boshqa millatlarga nisbatan afzalligi ustuvorligi g‘oyasi asosida mafkuraviy, siyosiy va iqtisodiy hukmronligini anglatadi.
Erkinlashtirish – mamlakatning demokratik jamiyatga o‘tish va islohotlar o‘tkazish jarayonida mavjud bo‘ladigan turli to‘siqlar, cheklashlar va yon berishga majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilxom bag‘ishlash imkoniyatini yaratadi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling