Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet73/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
" IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR" KAFEDRASI

Bank ishi”


fani bo‘yicha

GLOSSARIY

Andijon – 2021

Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyoti mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali doimiy ishtirokchilariga aylantiradi. Shu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilashib borishiga, miqdorning esa ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga iqtisodiy qonunlar asosida amal qiladigan iqtisod.
Bozor munosabatlari – sotuvchi va xaridor, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar.
Bozor qonunlari – pul vositasida bozordagi tovar ayirboshlashning mohiyatini ifoda etuvchi, uni boshqarib tartibga solib turuvchi iqtisodiy qonunlar majmuidir.
Bozor – sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida tovarni pulga ayirboshlash munosabati; tovarlar bilan oldi–sotdi munosabatlari, tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet – davlat, viloyat, shahar, tuman, muassasa, tashkilot va boshqalarning ma’lum muddatdagi daromad va harajatlarining pul hisobi.
Biznes – (inglizcha–business) – tadbirkorlik, tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo‘lish. Biznes – tovar ishlab chiqarish va uni sotish, xizmat ko‘rsatish, transport va boshqa sohalardagi faoliyatdir.
Banklarkredit-moliya muassasasi, ularning eng asosiy vazifasi – vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bir joyga to‘plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, pul hisob-kitoblarini amalga oshirish, turli qimmatli qog‘ozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bog‘liq masalalarni amalga oshiruvchi muassasa.
Birja – (lotincha “bure” – hamyon) standartlar, ya’ni andozalar yoki namunalar bo‘yicha sotiladigan ommaviy tovarlarning muntazam foydalanadigan savdo shakllaridan biri bo‘lib, tovar birjasi, qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, oblegatsiyalar va boshqalar) birjasi, fond birjasi, valyuta, ya’ni chet el pullari birjachi va shu kabi turlarga bo‘linadi.
Birja muntazam ish olib boruvchi ulgurji bozorning eng rivojlangan shakli bo‘lib, unda tovarlar, standarlar bo‘yicha almashtiriladi, qimmatbaho qog‘ozlar va valyuta sotiladi. Birjaning yarmarkadan farqi shundaki, tovarlarni sotish chog‘ida mavjud tovarlar yuzasidan bitishuvlar amalga oshirilmaydi.
Bojxona – davlat chegarasidan o‘tadigan va o‘tkaziladigan mol-mulklar hamda transport vositalarini nazorat qiluvchi, shuningdek, yuk egalaridan belgilangan tartibda (poshlina) va boshqa yig‘imlarni undiruvchi davlat muassasasi. Bojxona davlatning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qiluvchi organlaridan biridir.
Valyuta – (ital. “Valuta”, lotin. “Voleze” – qadrlanmoq, qiymat) mamlakatning pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog‘oz) pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari; pul hisob-kitoblarini taqozo etadigan xalqaro iqtisodiy ayirboshlash va boshqa aloqalarda qatnashadi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling