Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


AT “Agrobank” Buloqboshi filialining tashkiliy iqtisodiy tavsifi


Download 210.33 Kb.
bet4/30
Sana19.06.2023
Hajmi210.33 Kb.
#1600192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
ҲисоботЭнг

AT “Agrobank” Buloqboshi filialining tashkiliy iqtisodiy tavsifi
AT “Agrobank” Buloqboshi filiali 1997-yil “Paxta-Bank” SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekomunikatsiyalar hamjamiyati a’zoligiga qabul qilinib , “Paxta-Bank” Buloqboshi filiali sifatida tashkil etildi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" Buloqboshi filiali asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
Hozirgi kunda AT “Agrobank” Buloqboshi filialida 30 nafar ishchi hodim va mutaxassislar faoliyat yuritmoqdalar. Uning tashkiliy-boshqaruv strukturasi quyidagicha:

Bank boshqaruvchisi





Back Office

Front Office

Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash bo’limi

Kredit qaytaruvchan-lik bo’limi


2-rasm. AT “Agrobank” Buloqboshi filiali tashkiliy-boshqaruv strukturasi.

Bank boshqaruvchisi Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida Bank boshqaruvini to’liq o’z zimmasiga oladi.


Back Office da 7 nafar mutaxassis – hodim faoliyat yuritadi. Back Office ga qarashli 2 ta bo’lim mavjud, birinchisi – Buxgalteriya bo’limi(2 nafar mutaxassis), ikkinchisi – Aholi tadbirkorligini rivojlantirish bo’limi(3 nafar mutaxassis). Ushbu bo’limning asosiy faoliyati hujjatlar bilan ishlashdan iboratdir.
Front Office da 11 nafar mutaxassis – hodim faoliyat yuritadi, Front Office ga qarashli Katta Bank kassasi( 1ta kassa boshlig’i, 3 nafar mutaxassis), Chakana amaliyotlar kassasi(3 nafar mutaxassis) hamda 4 nafar operator-hodim, 1 nafar reception. Front Office mijozlarni qabul qiluvchi va ular bilan ishlovchi bo’lim hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash bo’limi 3 nafar mutaxassis faoliyat yuritib 1 nafari bo’lim boshlig’i, 2 nafari mutaxassis hodim.
Kredit qaytaruvchanlik bo’limi 4 nafar mutaxassisdan iborat – bo’lim boshlig’i va 3 nafar mutaxassis hodim.
AT “Agrobank” Buloqboshi filialining barcha buxgalteriya hisob va hisobotlari NCI dasturi asosida yuritiladi.
NCI (hozirgi ko’rinishi va nomlanishi IBS “Smart-bank”) — «Intelligent Solutions» MCHJ mahsuloti. Bu tizimdan 9 ta tijorat banki (shu jumladan, 1 ta davlat banki – Agrobank) foydalanadi. Shuningdek, nisbatan yirik xususiy banklardan “Ipak Yo’li” banki, “InFinBank”, “Davrbank” hamda “Kapitalbank” (Ukrainaning “B2” si bilan) lar ham shu tizimdan foydalanadi. Yaqinda ochilgan “Anorbank” ham shu tizimni tanlagan.
AT “Agrobank” Buloqboshi filiali tashkil topgandan buyon to hozirgi kunga qadar mijozlarga yuqori sifatli raqobatbardosh bank xizmatlarini ko‘rsatib, iqtisodiyotimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kеlmoqda.
Xulosa

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Rеnеssans poydеvorini barpo etishdеk ulug’ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Bеruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’bеklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab bеradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kеrak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.


Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun kеng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak bеrish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbеkiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, dеgan g’oya asosida kеng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, yosh avlodga bog’cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya bеrishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma'naviy sog’lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga еtkazamiz.
Uchinchidan, o‘g’il-qizlarimizni mеhnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mеhnatsеvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bola tugilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak bеradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga еtkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda kеltiradi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bugungi kunning muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa o‘z navbatida nazariy va amaliy bilimlarni o‘zaro uzviy bog’liqlikda o‘rganishni taqozo etadi.
Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang’ich ma’lumotlarni olish hamda “Kasbiy faoliyat asoslari” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Talabalar tomonidan turli mulk shakillaridagi xo`jalik subyektlarining tashkiliy tuzilishini o`rganish, ish faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallashi amaliyotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga amaliyot davrida talabalar xo`jalik subyektlarining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Amaliyot yuzasidan biz quyidagi xulosalarga kеldik:

  • Agrobankning vazifasi agrar va qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlash, mamlakat qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va fermerlik harakatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat;

  • Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda;

  • AT “Agrobank” Buloqboshi filiali 1997-yil “Paxta-Bank” SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekomunikatsiyalar hamjamiyati a’zoligiga qabul qilinib , “Paxta-Bank” Buloqboshi filiali sifatida tashkil etildi;

  • 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" Buloqboshi filiali asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi;

  • AT “Agrobank” Buloqboshi filialining barcha buxgalteriya hisob va hisobotlari NCI dasturi asosida yuritiladi. NCI (hozirgi ko’rinishi va nomlanishi IBS “Smart-bank”) — «Intelligent Solutions» MCHJ mahsuloti hisoblanadi;

  • AT “Agrobank” Buloqboshi filiali tashkil topgandan buyon to hozirgi kunga qadar mijozlarga yuqori sifatli raqobatbardosh bank xizmatlarini ko‘rsatib, iqtisodiyotimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kеlmoqda.


Mahalliy davlat hokimiyati organlari (OʻzRda) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dek.), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.


Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994-yil 25 dek.da va 1999-yil 5 dek.da Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari — hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.



Download 210.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling