Fiskal siyosat
|
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi fiskal siyosat samaradorligini oshirish Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
vaqtinchalik tashqi shoklar va islohotlar natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni boshqarishning yetarlicha moslashuvchan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan fiskal siyosat qoidalarini ishlab chiqish;
umumiy fiskal balans doirasida davlat dasturlarini kreditlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi konsolidatsiyalashgan budjeti va amaliyotlarini aniq hisobga olishni joriy etish;
fiskal xavf-xatarlarning aniqlash, oshkor qilish va boshqarish qo‘llanmasini ishlab chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2020-yil iyul
Kengashda muhokama qilish:
2020-yil avgust
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Markaziy bank (Nurmuratov),
Davlat investitsiya
qo‘mitasi
(Bekenov)
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat xarajatlari samaradorligi va hisobdorligini yaxshilash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
�irik xarajatli sohalarda davlat xarajatlari samaradorligini tahlil qilish;
davlat korxonalari va boshqa budjetdan tashqari tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari o‘tkazmalarini boshqarish qoidalarini ishlab chiqish;
davlat budjeti xarajatlari samaradorligi bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda tarmoq vazirliklarini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;
budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholovchi muhim indikatorlarni joriy qilgan holda budjet tashkilotlarini dasturiy-maqsadli moliyalashtirish usuliga o‘tish;
davlat xarajatlarini o‘rta muddatli budjetlashtirishni va xalqaro amaliyotga muvofiq davlat budjeti loyihasini qonun shaklida tasdiqlash tartibini joriy qilish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil avgust
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil oktyabr
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Markaziy bank (Nurmuratov)
|
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish Strategiyasini ishlab chiqish:
davlat aktivlari (shu jumladan davlat korxonalari, davlat maqsadli fondlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi) sifati va likvidliligini konsolidatsiyalashgan holda baholash;
ichki va tashqi qarzlarning hamda davlat qarzi hajmining “yuqori chegarasini” joriy qilish;
Tiklanish va taraqqiyot jam�armasi faoliyatini takomillashtirish, o‘rta muddatli investitsiyalash strategiyasini qabul qilish, milliy farovonlik suveren jamg‘armalarining xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
davlat maqsadli jamg‘armalarini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti doirasida konsolidatsiyalash nuqtai nazaridan isloh qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
ichki bozorda davlat qarzlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qarzlarni boshqarish infratuzilmasini yaxshilash va davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasi negizida bozor vositalarini rivojlantirish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil sentyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil noyabr
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev),
Markaziy bank
(Nurmuratov),
Davlat investitsiya
qo‘mitasi (Bekenov)
|
1.3
|
|