Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish
|
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi moliya sektorini yanada rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:
bank sektorida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish;
moliya regulyatorining avtonomligini kengaytirish;
bank nazoratini kuchaytirish instrumenti sifatida kredit reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish;
bank tizimini nazorat qilish va boshqarish sohasida Markaziy bankning salohiyatini mustahkamlash;
kapital bozorining xorijiy investitsiyalarga nisbatan me’yor va cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish;
banklararo munosabatlar va kapital bozori, shu jumladan fond va sug‘urta bozori hamda lizing xizmatlari bozorini kengaytirish;
qarz qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish, ulushli va qarz instrumentlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish jarayonini soddalashtirish;
bozor xatarlarini xedjlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning asosiy dastaklaridan bo‘lgan, hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish;
investitsiya kompaniyalari, anderaytyerlar, venchur jamg‘armalar faoliyatini rivojlantirish;
tadbirkorlik subyektlari loyihalarini va startaplarni moliyalashtirishning muqobil mexanizmlarini (masalan, kraudfanding) joriy etish;
zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni (“Fin-tech”) rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish;
elektron raqamli moliyaviy xizmatlar sohasi uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
moliyaviy xizmatlar qamrovini oshirish, moliya sektorida iste’molchilarni himoya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2020-yil
mart
Kengashda muhokama qilish:
2020-yil
may
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Markaziy bank
(Nurmuratov),
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
|
2. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan Moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
xalqaro ilg‘or amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida, jumladan mikroqarz sohasidagi cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutgan holda, mikromoliyalashtirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni va me’yorlarni qayta qo‘rib chiqish;
mikrokredit tashkilotlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashga va ularning faoliyatidagi xatarlarni oldindan aniqlashga qaratilgan mikrokredit tashkilotlar faoliyatini boshqarish bo‘yicha normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
mikrokredit tashkilotlari uchun me’yorlarni liberallashtirish va xorijiy yuridik shaxslarga ularning muassisi/aksioneri bo‘lishiga ruxsat berish;
Sug‘urta faoliyati turlariga oid qonunchilik tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish:
2020-yil aprel
Kengashda muhokama qilish:
2020-yil iyun
|
Asosiy ijrochi:
Moliya vazirligi (Xaydarov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Markaziy bank
(Nurmuratov),
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
|
|