Ijtimoiy-iqtisodiy
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali
mehnatga asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi. Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi oʻzgarishlarga qarab R.Aron, Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga: industrlashgangungacha boʻlgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga boʻlib oʻrganishni tavsiya etadilar. Bunda ular industrlashgangungacha boʻlgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida: a) aholining asosan qishloq xoʻjaligi bilan bandligi; b) qoʻl mehnatining hukmronligi; v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar); g) natural xoʻjalikning hukmronligini koʻrsatadi. Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari deb: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining koʻpayishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda koʻpayishi va boshqalar. Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning asosiy belgilari: a) xizmat koʻrsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band boʻlishi; v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi; g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qoʻllanilishi; d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qoʻllanilishi va boshqalar. Biz yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, texnika va texnologiyadagi oʻzgarishlar jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni oʻynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar tarkibining oʻzgarishiga, mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi. Lekin bu texnik oʻzgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab boʻlmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy- iqtisodiy oʻzgarishlarning birgalikda olib, ularning oʻzaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va ta’sir natijasida sodir boʻladigan taraqqiyot qonunlarini oʻrganish zarurdir. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini Shunda koʻrish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xoʻjaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab oʻsib ketdi. Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperatsiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xoʻjaligi rivoj topgan davrga toʻgʻri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda koʻpgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga boʻlib oʻrganadilar.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling