Ijtimoiy iqtisodiyot
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
- Bu sahifa navigatsiya:
- K I R I SH Mavzuning dolzarbligi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................
ILOVALAR................................................................................................. 5 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Har bir insonning moddiy va ma‘naviy turmush imkoniyatlari uning daromadlari darajasiga bog‗liq. Insonni daromadi darajasi qancha yuqori bo‗lsa, uning o‗z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash dam olishni tashkil etish, ma‘lumot olish va bo‗sh vaqtini madaniy tarzda madaniy tarzda o‗tkazish imkoniyatlari shuncha ko‗p bo‗ladi. Bozor munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri – respublika aholisini kuchli ijtimoiy himoyalash sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rivojlanish bosqichida ham inson manfaatlarining ustuvorligini ta‘minlash hayotiy zaruriyatdir. Yangilanish va taraqqiyotdagi O‘zbekiston modelining bosh ustuvor yo‘nalishi zamirida inson manfaatlari yotadi va kuchli ijtimoiy siyosat yuritish markaziy o‘rinni egallaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―Yangi ish o‗rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta‘minlash 2013-yil va undan keyingi yillarga mo‗ljallangan maqsadli vazifalarni hal qilishning eng muhim ustuvor yo‗nalishi bo‗lib qoladi‖ 1 . Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo, ―aholi daromadlari‖ tushunchasining ta‘rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil davlat daromadlar siyosatini o‘tkazish asosida daromadlarning yuzaga kelishi va o‘sishi masalalarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Tadqiqotlarda daromadlar muammosi, odatda, uning turli modellarida aholi daromadlari yuzaga kelish nuqtai nazaridan yoki xo‘jalikning xilma-xil sharoitlarida daromadlarning taqsimlanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ko‘pincha ushbu masala faqat kambag‘allik, qashshoqlik, aholini ijtimoiy himoya 1 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi,2013 yil 19 yanvar, №13 (5687). 6 qilish bilan o‘zaro bog‘liqlikda tekshiriladi. Daromad o‘lchamlarining miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi va taqsimlanish tamoyillarining o‘zgarishi umuman iqtisodiyot, daromadlar nazariyasi sohasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilishi kerak. Shu bilan birga, bugungi kunda aholining turmush darajasini obyektiv statistik ma‘lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilish, aholining pul daromadlari va xarajatlarini o‘rganish, uy xo‘jaliklarining iqtisodiyotda qatnashish darajasi va xarajatlar tasnifini tahlil etish dolzarb masala hisoblanmoqda. Respublikamizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi va boshqa pul daromadlarini bosqichma- bosqich oshib borishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘z navbatida, aholi pul daromadlarining o‘sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham hozirgi innovasion rivojlanish sharoitida aholi turmush darajasiga, daromadlariga, imkoniyatiga, iste‘mol va iste‘mol talablarining qondirilish darajasini obyektiv talqin etish muammosi dolzarb sanaladi. Bu muammo na nazariy, na uslubiy jihatdan hali yaxshi o‘rganilmagan. Shularni hisobga olgan holda ushbu dolzarb mavzuni o‘rganishga harakat qildik. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling