Tadqiqot maqsadi – Samarqand viloyatida aholi daromadlari darajasini
oshirish va ularning shakllanish manbalari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur Magistrlik dissertatsiya
ishning asosiy vazifalari etib quydagilar belgilandi:
– aholi daromadlarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmunini qiyosiy
yondashuvlar asosida yoritib berish;
– aholi daromadlarining turlari, tarkibi va shakllanish manbalarini aniqlash;
– aholi turmush darajasining ijtimoiy standartlari va ehtiyojlar tizimini
tasniflash va ularning uzaro bog‗liqligini aniqlash;
– aholi daromadlarining shakllanishi va o‘zgarishining bozor omillarini
tasniflash;
– aholining iste‘moli tarkibidagi o‘zgarishlarni tahlil etish;
– davlat tomonidan aholi turmush darajasini tartibga solish mexanizmi
shakllanish yo‗nalishlarini aniqlash;
– aholi turmush darajasini davlat tomonidan tartibga solishning jahon
tajribasi va undan ijodiy foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etish;
– innovasion rivojlanish sharoitida aholi daromadlari va turmush
darajasini oshirish istiqbollari bo‗yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |