Ijtimoiy ish va siyosat
Xokimiyat – kishilik jamiyatining zaruriy elementi bo’lib, unga butunlik, boshqariluvchanlik, tashkiliylik va tartib baxsh etadi
Download 252 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ijtimoiy siyosat
Xokimiyat – kishilik jamiyatining zaruriy elementi bo’lib, unga butunlik, boshqariluvchanlik, tashkiliylik va tartib baxsh etadi.
Davlatning tashqi siyosatiga nisbiy mustaqillik xos bo’lib, u xalqaro maydonda ijtimoiy, milliy va davlat manfaatlarining namoyon bo’lishidagi o’ziga xoslik bilan bog’liq. Tashqi siyosat muvaffaqiyatining zaruriy sharti davlatning xalqaro obro’si, uning xalqaro hayotdagi etakchi tamoyillar va jarayonlarga ta`sir o’tkazish darajasi hisoblanadi. o’z navbatida ichki siyosat sohasidagi muvaffaqiyatlar davlatning tashqi siyosatida ham o’z ifodasini topadi. Uning xalqaro maydondagi kuchi, obro’si va ommaviyligini o’stiradi.
Ijtimoiy siyosat davlat ichki siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, uning ijtimoiy dasturlari va amaliyotida o’z ifodasini topadi va jamiyatdagi munosabatlarni aholi asosiy ijtimoiy guruhlari manfaatlari yo’lida va shu manfaatlar orqali tartibga soladi. Ijtimoiy siyosat kelib chiqishiga ko’ra, barcha ijtimoiy vazifalarni hal qilishning belgilovchi moddiy asosi bo’lgan va bo’lib kelayotgan iqtisodiyotga nisbatan ikkilamchidir. xar qanday ijtimoiy dasturlar agar ular iqtisodiy jihatdan ta`minlangan bo’lmasa, ular hech narsaga arzimaydi. Biroq, iqtisodiyot va siyosatning munosabatlarini davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosati orasidagi munosabatlarga tenglashtirib bo’lmaydi. Bu o’rinda siyosatning har ikki turi o’rtasidagi o’zaro ta`sir alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Unda goh biri, goh ikkinchisi etakchilik qiladi.
Download 252 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling