Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet16/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

MA’RUZA MATNLARI
1-Mavzu: Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyati.
Reja:

  1. Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.

  2. Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy ildizlari.

  3. Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi.

  4. XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi.

  5. Yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi.

  6. Rossiyada ijtimoiy ish.

  7. O‘zbekistonda ijtimoiy ish.


Tayanch iboralar:
Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishidagi tarixiy shart-sharoit, Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi, XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi, yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi, Rossiyada ijtimoiy ish, O‘zbekistonda ijtimoiy ish.

Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar. Ijtimoiy ishning mamlakatimizda professional faoliyat ko`rinishi sifatida shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy hayotni barcha sohalarini qamrab olgan intensiv sifatiy o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Ijtimoiy muammolarning qo`zg`olishi aholining katta qismi davlatning ijtimoiy himoyasi va ko`magiga muhtojligni his qilishiga olib keldi.
Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji (AQSH Viskonsin shtati) professori Charlz Zastrov yozishiga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning kishilar, ularning oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar. Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga chiqmoqda»1.
Ijtimoiy ishning dunyoviy amaliyotiga bo`lgan qiziqish O`zbekiston sharoitida chet el ijtimoiy texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan ijtimoiy sohadagi muammolarning tub mohiyatini tushunib yetish uchun boy manba olishning asosi hisoblanadi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling