Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati


Qadimgi Turon va Eronning e’tiqodiy-axloqiy yodgorliklari


Download 12.71 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi12.71 Kb.
#1528172
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati

Qadimgi Turon va Eronning e’tiqodiy-axloqiy yodgorliklari

  • Qadimgi Turon va Eronning e’tiqodiy-axloqiy yodgorliklari
  • “Avesto”. Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Taxminan bundan 40-30 asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohi Ahura-Mazda – ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi; ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobelik” kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Ahura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushuncha-larning aksi esa Ahriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir.
  • Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tamoyillar va ko‘rsatmalar majmuyi deyish mumkin.

“Xuastuanift”. “Avesto”dan keyin, islomgacha bo‘lgan davrda mintaqamiz-da eng keng tarqalgan, mohiyatan, axloqiy majmua hisoblangan manba, bu ‒ monaviylik e’tiqodining muqaddas kitobi “Xuastuanift”. Moniy Fatak o‘g‘li (216-277) targ‘ib qilgan bu e’tiqod hatto Uyg‘ur-Turk xoqonligining rasmiy dini daraja-siga ko‘tarilgan.

  • “Xuastuanift”. “Avesto”dan keyin, islomgacha bo‘lgan davrda mintaqamiz-da eng keng tarqalgan, mohiyatan, axloqiy majmua hisoblangan manba, bu ‒ monaviylik e’tiqodining muqaddas kitobi “Xuastuanift”. Moniy Fatak o‘g‘li (216-277) targ‘ib qilgan bu e’tiqod hatto Uyg‘ur-Turk xoqonligining rasmiy dini daraja-siga ko‘tarilgan.
  • “Xuastuanift” yoki monaviylarning tavbanomasi qadimgi turkiy tilda bitilgan bo‘lib, hajman ancha kichik bo‘lsa-da, ko‘p jihatlari bilan “Avesto”ga o‘xshash. Unda Ho‘rmuzd va Shimnu orasidagi kurash aks etadi. Ho‘rmuzd (bosh ma’bud) boshchiligidagi besh ma’bud ‒ yengil shabada, shamol, nur, suv va olov tangrilari ‒ezgulik, Shimnu boshliq besh iblis esa yovuzlik timsollaridir. Ezgulik ruhiy olamda, yovuzlik moddiy olamda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, monaviylik e’tiqodiga iqtido qiluvchilar to‘rt tamg‘ani o‘z qalbiga muhrlashlari kerak. Bular: sevgi ‒ Azrua ma’budning tamg‘asi; imon, ishonch ‒ kun va oy ma’budining tamg‘asi; qo‘rquv ‒ besh ma’budning tamg‘asi; donishmandlik ‒ burxan (ilohiy bitik)larning tamg‘asi. Bundan tashqari, ular zohidona hayot kechirishlari, may ichmasliklari, et ‒ go‘sht yemasliklari, meva va yegulik beradigan o‘simliklarni sindirmasliklari, yulmaslik-lari shart; halol, pokiza, birovning haqini yemasdan, yuksak axloq egasi bo‘lib yashashlari, o‘z qalbidagi ilohiylikka yo‘nalgan nurni o‘tkinchi, moddiy xohish-istaklar iskanjasidan ozod qilib umr kechirishlari lozim.

Download 12.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling