Qadimgi Misr. Axloqshunoslik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr “Mayyitlar kitobi” katta ahamiyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o‘lgandan so‘ng, oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma’bud Osiris oldida u o‘zining gunohsizligini isbotlashga urinadi; gunohlarni sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlarning ko‘pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o‘ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan urib qolish, yolg‘on gapirish v.h. Mayyit: “Men pokizaman, men pokizaman, men pokizaman!” degan takror bilan o‘z “hisoboti”ni tugatadi. Keyin u o‘zining “ikkinchi oqlovchi nutqi”da kichik ma’budlar ‒ muayyan e’tiqodiy-axloqiy sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh oldida o‘z gunohsizligini ta’kidlaydi. - Qadimgi Misr. Axloqshunoslik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr “Mayyitlar kitobi” katta ahamiyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o‘lgandan so‘ng, oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma’bud Osiris oldida u o‘zining gunohsizligini isbotlashga urinadi; gunohlarni sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlarning ko‘pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o‘ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan urib qolish, yolg‘on gapirish v.h. Mayyit: “Men pokizaman, men pokizaman, men pokizaman!” degan takror bilan o‘z “hisoboti”ni tugatadi. Keyin u o‘zining “ikkinchi oqlovchi nutqi”da kichik ma’budlar ‒ muayyan e’tiqodiy-axloqiy sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh oldida o‘z gunohsizligini ta’kidlaydi.
- Bu “hisobot”dagi gunohlar esa, yuqorida aytganimizdek, bitta-ikkitasidan tashqari, deyarli barchasi axloqiy talablardan iborat. Ularga diqqat qilsangiz, milodgacha bo‘lgan XV asrdagi axloqiy qonun-qoidalar, fazilat va illatlar bugungi kunda ham asosan o‘sha-o‘sha ekanini ko‘rasiz: faqat hozir ular ikkala ‒ axloqiy va huquqiy me’yorlarga bo‘lingan.
- Shunday qilib, “Mayyitlar kitobi” bizga qadimgi misrliklarning qanday axloqiy darajaga yetganliklaridan, ular ishlab chiqqan axloqiy tamoyillar va me’yor-larning e’tiqodiy-diniy maqom kasb etgandan dalolat beradi. Bir so‘z bilan ayt-ganda, bu yodgorlikda axloq bilan diniy e’tiqodning uyg‘unlashib ketgan in’ikosini ko‘rish mumkin. Mayyitlar kitobi an’anasi Sharqda keyin ham davom etdi: O‘rta asrlarda (VIII asr) “Tibet mayyitlar kitobi” – “Bardo Tyodol” yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |