Reja: «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 2Avestodagi yer yuzidagi adolat 3Avestodagi og‘ir gunohlar «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari
Download 359.4 Kb.
|
Jo\'rabek
MAVZU:AVESTODAGI IQTISODIY QARASHLAR REJA: 1.«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 2Avestodagi yer yuzidagi adolat 3Avestodagi og‘ir gunohlar «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–512-y.) bo‘lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko‘rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo‘lgan Respublikamiz olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, zardushtiylik dining muqaddas kitobi bo‘lgan “Avesto”, ya’ni “Hayot yo‘riqnomasi” (asli “Ovasto”)da muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan31 . Jumladan, sun’iy sug‘orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, ularni noo‘rin so‘ymaslik, ularga zug‘um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. «Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i nazar ularning ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z aksini topgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi (masalan, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan. Avesto»da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi. Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom baquvvat bolalarga ega bo‘ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‘l-ko‘l bo‘lsa, muqaddas so‘zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog‘lom avlod to‘g‘risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida fikr yuritilganligini ko‘ramiz34 . Yoki boshqa manbada keltirilganidek, barkamol hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan. ETIBORIZ UCHUN RAXMAD Download 359.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling