Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Davlat tasarrufidan chiqarish


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
44017 (1)

Davlat tasarrufidan chiqarish 
– davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, 
mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk 
bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
2
Каримов И.А. Ватан саждагоh каби муqаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.


24 
Xususiylashtirish_–_fuqarolarning_va_davlatga_taalluqli_bo’lmagan_yuridik_shaxslarning_davlat_mulki_ob’ektlarini_yoki_davlat_akstiyali'>Xususiylashtirish 
– fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan 
yuridik shaxslarning davlat mulki 
ob’ektlarini yoki davlat akstiyali 
jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.
3

Bundan 
ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 


qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik 
huquqining davlatdan xususiy shaxslarga 
o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk 
shakllarining vujudga keltirishni ham 
ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan 
amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat 
korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab 
chiqarilgan cheklar (vaucher) 
bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim 
tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma 
va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda 
kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman 
bo’lib, ularni 3 guruhga 
ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul 
bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) 
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul 
bo’lib berish 
hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-chizma). 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining 
o’ziga xos 
jihati 
– bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-chizma). 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda 
e’tirof etildi va davlat 
mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga 
ko’p 
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi q
o’yildi. Avvalo mulkchilikning 
turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish 
mexanizmlari yaratildi
4. 
3
Ўзбекистон Республикасининг Qонуни. Давлат тасарруфидан чиqариш ва хусусийлаштириш 
тўg`рисида/Ўзбекистон Республикаси: qонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б. 
4
Иqтисодий ислоhотларни чуqурлаштириш чора-тадбирлари (1994 й. 21 январь) ва 
мулкни давлат тасарруфидан чиqариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада 
ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўg`рисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар. 


25 
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich 
amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling