Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
44017 (1)

Ko’rsatkichlar 
1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 
Xususiylashtirilgan 
korxonalar 
soni, 
birlik 
8537 1915 1231 451 
448 
374 
1449 1912 1519 1228 
Xususiylashtirish 
natijasida 
tashkil 
etilgan 
nodavlat 
mulkidagi 
korxonalar soni 
8537 1915 899 
266 
373 
372 
1238 1800 1452 1228 
Akstiyadorlik 
jamiyatlari 
1026 1257 456 
110 
141 
152 
227 
223 
75 
28 
Xususiy 
korxonalar 
6036 420 
260 
103 
156 
103 
827 
1252 981 
1038 
Boshqa shakldagi 
korxonalar 
1475 238 
183 
53 
76 
117 
184 
325 
396 
162 
Xususiylashtirishdan 
tushgan 
mablag`, 
mlrd. 
so’m 
2,4 
5,3 
4,4 
8,9 
9,1 
14,3 23,2 43,6 56,1 78,4 
6-jadval. 
O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy 
ko’rsatkichlari. 
Respublikada xususiylashtirishning adresli 
yo’naltirilganligi uning navbatdagi 
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va 
natijaliroq 
qatnashishi 
imkonini 
beradi. 
Xususiylashtirishning 
adresli 
yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, 
aholining 
ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil 


30 
dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi 
o’z yordamchi 
xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim 
xususiyatidir. Pulni 
to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni 
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf 
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan 
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan 
q
o’llab-quvvatlashning 
moliyaviy 
manbalari 
paydo 
bo’ladi, 
bozor 
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy 
muhofazalash dasturini 
ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi. 
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish 
yo’li orqali ularning 
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan 
olinadigan mablag`lar shu korxonaning 
o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi 
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 
Navbatdagi muhim xususiyat 
– respublikada mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va 
ta’minlandi. 
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular 
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar 
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infrastruktura 
ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, 
fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish
hamda soliq 
to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning 
o’ziga xos boshqa 
jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular 
quyidagilar: 
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ichki mantiqiga 
bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 


31 
v) xususiylashtirishni huquqiy-
me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga 
rioya etiladi. 
Respublikamizda xususiylashtirish 
bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori 
bozor sharoitida ham sezilarli rol 
o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning 
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak 
bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday 
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon 
beradigan 
xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. 


32 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling