Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi


Mavzu: Qadimgi Hindiston madaniyati


Download 0.67 Mb.
bet12/47
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Jahon madaniyati va tarixi

Mavzu: Qadimgi Hindiston madaniyati
Reja:

  1. Qadimgi Hindiston yozuvi va adabiyoti;

  2. Qadimgi Hindistonda me'morchilik va san'at;

  3. Qadimgi Hindistonda diniy e`tiqod.

Adabiyot. Qadimgi Hind adabiyotida markaziy o’rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. Ularning eng qadimgilari vedalar, o’qituvchidan o’quvchiga og`zaki uzatilgan. Veda madhiyalarining katta qismi qurbonlik rasm-rusumlariga bag`ishlangan. Er. avv. I ming yillikning II yarmida budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va didaktik ruhdagi adabiyotlardan er. avv. V-IV asrlarda Panini tuzgan sanskrit grammatikasidir. Bu mutaxassislarning fikricha jahon fanida XIX asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. Hindistonda yozuv kechroq paydo bo’lgan, uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.
Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta yutuqlarga erishdilar. Matematika, astronomiya fanlari bo’yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida yerning o’z o`qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolni kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.
Eramizning I asrlarida turli adabiy janrlar mavjud bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» deb atalgan kitobda masallar to’planadi, uning arabcha tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.
Me'morchilik va san'at. Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor.
Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.
Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi.
Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan. Ana shu maktablar asosida o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi.
Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob yodgorligi g`ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek noyob tasvirlarga o`xshash tasvirlar Shri-Lankadan ham topilgan.
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo’ldi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling