Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi
Download 0.67 Mb.
|
Jahon madaniyati va tarixi
MAVZU: Qadimgi Ossuriya, Suriya va Finikiya madaniyati.
Reja: Qadimgi Ossuriyada moddiy madaniyat ildizlari Ossuriya yozuvi va adabiyoti Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari Qadimgi Ossuriyada moddiy madaniyat ildizlari. Qadimgi SHarq dunyosniing shimoliy qismida qadimgi Urartu, SHumer va Akkad davlatlari bilan chegaradosh bo`lgan Osuriyaning davlat tuzumi ham eramizdan aavalgi SH ming yillik oxirlari va P ming yillik boshlarida harbiy qabila demokratiyasi, oilalar pttifoqi shaklida mavjud bo`lgan, Qadimgi Osuriyada dehkonchilik ancha rivojlangan. don etishtirish bilan bir katorda bog’dorchilikka alohida ehtibor berilgan. Arxeologik qazishmalari natijasida topilgan suratlar va yozuvlarda katta-katta bog’lar mavjud bo`lganligi ko`rsatadi. Xunarmandchilik ham qadimgi Osuriya ishlab chiqarishining asosiy turini tashkil qilgan. Xira shisha qiyomlari, yuzi yaltiroq chinni, usta guldor va turli rangdagi emal bilan qoplangan koshinlar tayerlash ancha rivojlangan. Osuriyaliklar shisha kiyomidan tinik oyna ishlab chiqarganlar. Osuriyada metallurgiya ham ancha taraqqiy etgan. Dur—SHarrukin (hozirgi Xorsobod) shaxridan podshoh Sargon II ning juda katta saroyidan ulkan omborxona topilib, unda tsmirdan yasalgan bolg’alar, motiga (ketmon)lar, belkuraklar, omoch tishlari, pluglar. zanjirlar, qarmoqlar, ilgaklar halqalar va bosha buyumlar topilgan. Bronzadan ishlangan arslon shaklida yasalgan nafis zargarlik b u yum lari o`sha davr texnikasining qay darajada rivojlanganligini kursatadi. Ayniqsa, eramizdan avvalgi VIII asrlarga kelib Osuriya xududida temir keng kulamda ishlatila boshlagan. Osur podshohlari uzlari buysungan xalqlardan o`lponni temir bilan to`lashni talab qilganlar. Osuriya madaniyatining rivojlanishiga qadimgi SHumer madaniyati kuchli ta`sir kursatgan. Buni qadimgi Osuriyaning Ashshur shahrida olib borilgan qazishmalar davrida topilgan Ishtar ibodatxonasi va undan topilgan shumeriylarga xos haykalchalar tasdiqlaydi. SHuningdeq Osuriya san`ati rivojiga shumeriylar san`ati xam katta ta`sir ko`rsatgan. Osuriyaliklar mixxatni, diniy e`tiqodlar sistemasini, adabiy asarlar va san`atning xarakterli elementlarini hamda ilmiy bilimlarni Mesopatamiyaning qadimgi xalqlaridan olganlar. Ular ba`zi xudolar nomlari, ularga sig’inishni. Ibodatxonalarning me`moriy shakllarini va hatto qurilishda keng foydalanilgan g’ishtni ham qadimgi shumeriylardan o`rganganlar. Ayniqsa, qadimgi Bobil madaniyatining ta`siri eramizdan avvalgi XIII asrda osur podshosi Tukilti-Nino’rta I Bobilni uziga buysundirgandan so`ng yanada kuchaygan. Natijada bobilliklarning diniy adabiyotlari, dunyoning yaratilishi to`g’risidagi epik dostonlar, enlil va Marduk singari qadimgi xudolarga ishlangan madxiyalar Osuriyada keng tarqalgan. Osuriyaliklar uzunlik ulchovlari va tarozilarni xam davlat idorasini tashkil etish va boshqarishni ham bobilliklardan o`rganganlar. Ossuriyalaiklarda er yuziga yomg’ir yog’diradigan osmon xudosi Adad asosiy xudo xisoblangan. Arxeologik qazishmaplar natijasida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal saroyi xarobalari ochib o`rganilgan. Natijada saroy xarobalaridan o`zida juda ko`p miqdordagi xar xil diniy yozuvlar, adabiy asarlar va ilmiy matnlar astronomiya va tibbiyot kuzatishlariga oid yozuvlar, grammatika va leksikka oid lug’atlar entsiklopediyaning o`sha davrga oid nusxalari saqlangan kutubxona topilgan. Kutubxonaning bu boy materiallari Osuriya madaniyatining naqadar yuksalganligidan dalolat beradi. Bu kutubxona da saqlangan tavba qasidalari yoni «ko`ngilni taskin, toptiruvchi nolalar» Osur adabiyotining yuksak darajaga kutarilganligini ko`rsatadi. Qadimgi Osur shoiri boshiga og’ir musibat tushgan, o`zini gunohkor va g’arib deb .hisoblagan kishining g’am-anduhlarini, ichki ruhiy kechinmalarini mazkur qo`shiqlarda mohirlik bilan poetik ruhda tasvirlay olgan. Ashshurnazirpalning Kalah shaxridagi va podshoh Sargon II ning Dur— SHarrukin shaxridagi saroylari Osuriya arxitekturasining nihoyatda yuksalganligini kursatadi. Saroy devorlari ov manzaralarini kursatuvchi burtma suratlar bilan bezatilgan. Rel’ef kompozitsiyasi o`ta harakatchan (dinamik) bo`lib, chopayotgan va yaralangan sherlar haykallari jonli tasvirlangan. Sargonning saroyi ham qadimgi shumeriylarning saroylari singari baland tepalik ustiga qurilgan bo`lib, uning balandlign 14 metr bo`lgan. Sargon saroyiniig 210 zali, 30 ta hovlisi bo`lgan. Ularda burtma suratlar, monumental xaykallar .haida ziynatlangan turli ornamentlar va koshinlardan keng foydalanilgan. Saroyga kiriladigan hashamatli darvozalarning ikki tarafiga baxaybat maxluklar va afsonalarda tasvirlanuvchi odam boshli arslon hamda qanotli hukizlarnnng haykallari o`rnatilgan. Bu haykallar guyo Saroy darvozasi qo`riqlayotgandek taassurot uyg’otgan. SHuningdek, mazkur haykallar tabiiy kuchlar ramzi hisoblangan. Saroy zallarining devorlariga saroy hayotiga oid,urush va ov lavhalarini tasvirlovchi burtma rasmlar ishlangan. Rasmlarda podshohning harbiy yurishlari va afsonaviy qahramon Gilgamesh jasoratlari tasvirlangan. Xullas, Ashshur, Kalah Nineviya, Dur-SHarrukin singari qadimgi shaharlar Osuriya arxitekturasining qay darajada rivojlanganligini ko`rsatuvchi asosiy dalildir. Osuriyada yo`l qurilishi texnikasi nihoyatda keng rivojlangan. (yo`l qurilishi texnikasini dastlab eronliklar, so`ngra rimliklar ulardan o`urganganlar). Osuriya yo`llari nihoyatda obod bo`lgan, yo`llarga muayyan masofada belgilar qo`yilgan. Bu yo`llardan muntazam ravishda soqchilar o`tib turgan. Bu soqchilar joylarda muhim xabarlarni tezlik bilan etkazish uchun olov signallaridan foydalanganlar. Sahrolar orqali utadigan yo`llarni qo`riqlash maqsadida maxsus istexkomlar qurilib quduqlar qazilgan. Ko`priklarni ko`pincha yog’ochdan, ba`zan esa harsang toshlardan ham qurganlar. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot o`zining «Tarix» nomli mashxur asarida osuriyaliklar kuprik qurilishida temir va qurg’oshindan ham foydalaiganliklarini ko`rsatib o`tadi. Osuriyaliklarda maxsus. yo`lnomalar ham mavjud bo`lib, unda aholi yashaydigan manzillarning oraliqlari va bu masofani qancha vaqtda bosib o`tish mumkinligi ko`rsatilgan. Birinchi «injenerlik» askariy qismlar ham qadimgi Osuriyada paydo bo`lgan. Bu qismlar tog’lardan, yo`l ochish, ko`priklar qurish hamda muntazam qo`shinlar uchun lagerlar qurish bilan mashg’ul bo`lganlar. Osuriyada qal`alar qurish nihoyatda rivojlangan. Natijada qal`alarni hujum bilan olishda ishlatiladigan «artilleriya» ko’rtaklari paydo bo`lgan. Qal`ani bunday «artilleriya» bilan qamal qilish va hujum bilan olishni tasvirlovchi suratlar Osuriyadagi saroy devorlarida saqlanib qolgan. Qamal qilingan qal`a atrofini odatda tuproqdan do`nglik qilib va xandak qazib o`rab olganlar. Qal`a devorlari yoniga taxtadan yo`l va qamal qurolini o`rnatish uchun maxsus surilar yasaganlar. Ular devor buzadigan kamal qurollari - g’ildirakli taranlar ishlatganlar. Mazkur moslamaning devorni urib ag’daradigan qismi temir bilan qoplangan va zanjirga osilgan katta hamda yo`g’on yog’ochdan iborat bo`lgan. Osilib turgan xari (yog’och)ni askarlar tebratib qal`a devoriga urib, devorni qulatganlar. Qamalda ishlatiladigan ushbu ibtidoiy qurollar namunasini eronliklar osuriyaliklardan olganlar, keyinroq bu qurol qadimgi rimliklarga o`tgan. Bundan ko`rinib turibdiki, qadimgi osuriyaliklarning ham moddiy, ham ma`naviy madaniyatda erishgan yutuqlari o`sha davrdagi ko`pgina xalqlar madaniy hayotiga singib borgan va keyingi davr madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling