Ijtimoiy madaniy faoliyat
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Angliyada uyg’onish adabiyoti
Adabiyotlar:
1. Chet el adabiyoti tarixi. Namunaviy va Ishchi dasturlar, - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004 2. Alimuhammedov A. Antik adabiyot tarixi. T., “O`qituvchi”, 1976. 3. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1979. 4. Alig‟eri D. Ilohiy komediya. T., 1975. 5. Bokkachcho J. Dekameron. T., 1978.
Reja: 1. XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ingliz gumanistik adabiyotining 3 bosqichi. 2. Uil‟yam Shekspir o`tmishdoshlari haqida. 3. Uil‟yam Shekspir lirikasi va dostonlari. 4. Renessans g‟oyalarining ifodalanishi. 5. Angliya uyg‟onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati. XV-XVI asrlarda Evropa mamlakatlarida o`rta asr feodalizmidan kapitalizmga o`tish davri bo`ldi. Bu davr Uyg‟onish yoki Renesans nomini oldi. Shaharlarning rivojlanishi, manfakturalarning paydo bo`lishi, keng savdo munosabatlarini o`rnatilishi natijasida o`rta asr feodal tartiblari inqirozga uchradi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlarning ochilishi davri bo`lib tarixga kirdi (Amerikaning ochilishi, Xindistonga savdo yo`lining ochilishi). Bu davrda yangi milliy davlatlar paydo bo`ldi. Ilm-fan, san`at, madaniyat, adabiyot beqiyos darajada rivojlandi. Aql-idrokka, o`z kuchiga, yaxshilikka ishonch Uyg‟onish davri odamlariga xos fazilatdir. Angliyaning o`sha davr falsafiy qarashlari Frensis Bekon ta`limotida o`z aksini topdi (F.Bekon ingliz materializmning otasi 1561-1625). Angliyada Uyg‟onish davri Italiya, Frantsiya, Ispaniyadan kechroq boshlandi. XV-XVI asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko`p feodal baronlar o`zaro urushlarda halok bo`ldilar. Tyudorlar sulosasidan bo`lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq xokimyat kuchaydi. Genrix VIII ning islohatlari natijasida ko`plab monastirlar yo`qotildi. Mamalakat Rim papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o`zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uil‟yam Tindal «Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha Elizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyati tez sur`atlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tor-mor qilgan Angliya uchun dengiz yo`llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko`plab dehqonlar o`z erlaridan mahrum bo`ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi).
Angliyada Uyg‟onish harakati Evropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan bir muncha keyin, ya`ni XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida paydo bo`ldi. Bu davr Angliya gumanistlari |
ma'muriyatiga murojaat qiling