Ijtimoiy menejment


Download 51.25 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi51.25 Kb.
#187644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

A.Fayol boshqarishni:

    • kelajakni quruvchi;

    • faoliyatni tashkillashtiruvchi;

    • tashkilotni idora qiluvchi;

    • faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;

    • qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qyrol deb ataydi. Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi.

Inson munosabatlari maktabi” ta’limotlari

“Ilmiy” menejent va “mumtoz” menejment namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:


  • rahbarning xodimga bo’ladigan munosabatlari alohidalashtirildi;

  • mehnatni rag’batlantirish qat’i normalashtirildi;

  • mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’ilashtirildi;

  • mehnatga “jucmonan majburla”" joriy qilindi;

  • yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sufatida foydalanish usuli qat’i o’rnatildi.

Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz - konveyer usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar.

1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo’llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo’lgan munosabat tubdan o’zgaradi.

Shunday bir sharoitda 1820-1830 yillari AQShda ilmiy va mumtoz menejmentlarga myqobil harakat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya – “insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunoc E.Meyo (1880-1949) asos soldi.

Bu maktab nuqtai nazaridan:



  • ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro’-e’tiborga, o’z-o’zini hurmam qilishga, o’z qadr-qimmatini his etishga;

  • boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo’lgan individdir.

Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanigidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvning:

    • tashabbuskorlikdan;

    • ishchilar bilan hamkorlikdan;

    • kompaniyada “birdamlik puhi” va “mushtaraklik tuyg’usi”ni shakllantirishdan foydalanish, hamda ularni rag’batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.

Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari” maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib, X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi.


Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling