Ijtimoiy menejment


Download 51.25 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi51.25 Kb.
#187644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

X (iks) nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatan yalqov bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur.

U (igpik) nazariyasi birinchisiga qapama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday tarzda menejerning vazifasi kishilar o’z maqsad va manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag’batlantirish va ynga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.

Albatta, har ikkala nazariya ham faqat - nazariya. Amaliyotda ular sof ko’rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san’at ekanligi ham ana shu, ikki jihatni yyg’ynlashtirishdir.

Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy” menejment maktabi ta’limotlari

XX asrning 60-80-yillarida Farbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Farb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:



  • mizumli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;

  • yaxlim mizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;

  • bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ma’sirini o’rganishdi.

Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi (2-jadval).

2-jadval

Tizimli” yoki “zamonaviy” menejment





Boshqarishga

yondoshuv turlari



Izoh

1

2

3

1.

Tizimli yondoshuv

  • Tizim - bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmui. Har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizim. Uning taqdiri tashqi va ichki myhitga bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshyvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy siyosiy), e’tibor beriladi.

2.

Vaziyatli yondoshuv

  • Garchi tizimli yondoshyvda tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topa olsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi.

  • Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.

3.

Funkstional yondoshuv

  • Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi shu nyqtai nazardan boshqarish quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • rejalashtirish;

  • tashkillashtirish;

  • rahbarlik qilish;

  • muvofiqlashtirish;

  • nazorat qilish va h.k.

4.

Miqdorli yondoshuv

  • Bunday yondoshuvda asosan:

  • menejmentning muomala prinstipiga;

  • qaror qabul qilish nazariyasi prinstiplariga;

  • matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.

  • Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik, statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan birga sostiologiya ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.

Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.


Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling