Ijtimoiy menejmentning qonunlari va tamoyillari


Download 483.57 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi483.57 Kb.
#1333090
  1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy menejment Cho\'liyev Akmal

Ijtimoiy menejmentning qonunlari va tamoyillari

Bajardi: cho’liyev akmal

Reja:

1. Ijtimoiy menejment qonunlarining mohiyati va xususiyatlari

2. Ijtimoiy menejment usullari

3. Ijtimoiy menejment tamoyillari


Dastlabki qarashda ijtimoiy tizimlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: ijtimoiy-siyosiy (siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari va h.k.), ijtimoiy-madaniy (ijodiy, ilmiy xamjamiyatlar va h.k.), ijtimoiy va iqtisodiy.
Jamoat tizimlari genezisi shunga olib keldiki, ularga tegishli bo’lgan ichki boshqaruv mustaqil faoliyat sohasiga aylandi. Masalan, jamiyat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi (ijtimoiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va uni boshqarish jarayonini amalga oshiruvchi odamlar asosiy element hisoblanadi, iqtisodiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonini amalga oshirish natijasida jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan moddiy ne’matlar, yalpi jamiyat mahsuloti yaratiladi).
Har qanday tizim elementlar yig’indisidir.
Element - har doim tizimning tuzilmaviy qismi (masalan, korxona - birlashgan ishlab chiqarish tizimi elementi, shu bilan birga korxonaning o’zi elementlarning - stexlar va xizmatlarning murakkab yig’indisini tashkil etadi).
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar. Har bir ijti-moiy tizim o’zaro bog’liq mustaqil ikki tizimchadan iborat: boshqaruvchi va bosh-qariluvchi. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonini bevosita ta’minlovchi barcha elementlar boshqa-riluvchi tizimchaga kiradi. Boshqaruvchi tizimchaga boshqaruv tizimi-da band bo’lgan odamlar jamoasiga maqsadli ta’sir etish, ya’ni boshqa-rish jarayonini ta’minlovchi barcha elementlar kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning vaqt va makonda o’z-o’zini tash-kil etishi uchun quyidagi sharoitlar zarur:
  • Tizimga ma’lum oqimlar kirishi va chiqishi uchun tizim-ning ochiqligi (energiya va resurslarning tabiiy manba-lari, kapital, tovar, inson resurslarining olmashuvchan oqimlari);
  • Ijtimoiy tizim turli qismlarining egri chiziqli xamqorligi;
  • Ehtimollik elemen-tining mavjudligi (masalan, tabiiy xodisalar ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo’llashdagi oqibatlar ehtimolligi va h.k.);
  • Tizim parametlari diapazonining aniqligi.

Download 483.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling