Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati mundarija: kirish I. Bob. Ijtimoiy pedagog kasbining kelib chiqish tarixi


Download 70.92 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi70.92 Kb.
#1478688
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOG VA UNING KASBIY FAOLIYATI

Anketa so‘rovi - so‘rov yo‘li bilan statistik material to‘plash usuli. Anketa mazkur shaxs yoki o‘zga shaxsga doir materialni olish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Anketa materiali asosan pirovard natijani yoritib beradi. Anketa so‘rovi samarali bo‘lishida muayyan qiziqish va pedagogga ishonch ulkan ahamiyat kasb etadi. Anketa tuzishda uning mazmuni va shaklini e’tiborga olish muhimdir. Mazmunan anketa muayyan muammonigina qamrab olishi lozim. Har bir savol albatta fikr motivlariga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha savol bilan quvvatlanadi. Shaklan savollar yopiq, ochiq, to‘g‘ri va egri bo‘lishi mumkin.
Biografik metod - ijtimoiy pedagogikada ayniqsa keng qo‘llaniladigan usullardan biri. Insonning o‘zi aralashgan turli jarayonlar va vaziyatlarga shaxsiy munosabatlari qayd etiladi. Biografik ma’lumotlarning turli xil manbalari mavjud: intervyu, qarindoshlarning guvohliklari, fotosuratlar va h.k. Bu manbalarning barchasi insonning boshqa kishilar bilan hayot jarayonida to‘plagan tajribasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu metodning ko‘rinishlaridan biri - oila biografiyasi. Konkret oila tarixini o‘rganish insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi xulq-atvor modeli, hayot pozitsiyasi kabi ichki omillarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy pedagog ishining mazmuni ta’lim muassasasining ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini yechish ehtiyojlari bilan belgilanadi. Quyidagilar ta’lim muassasasida bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
• mazkur ta’lim muassasasi hududida yashaydigan maktab yoshidagi barcha bolalar hisobini yuritish, ularning ijtimoiy holati va yashash sharoitlarini o‘rganish;
• o‘quvchilarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishlari (boshqa maktabga o‘tishlari va h.k.) ustidan nazorat olib borish;
• ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini, ularning yuzaga kelish sharoitlarini va ta’lim muassasasi imkoniyatlariga muvofiq ularni yechish yo‘llarini o‘rganishi;
• ijtimoiy beqaror oilalar hisobini yuritish;
• ko‘p bolali, noto‘liq va kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan bolalarni, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
• ta’lim oluvchilar shaxsining xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun sharoitlar yaratish;
• ta’lim oluvchilarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish, aholini ish bilan ta’minlash xizmatlarining mutaxassislari bilan o‘zaro aloqa qilish;
• bolani tarbiyalash muammolarini birgalikda yechish maqsadida bolalarning oilalari bilan hamkorlik qilish;
• ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘smirga qarashli bo‘lgan mol-mulk va turar joy maydonini muhofaza qilish choralarini ko‘rish.
Bolalar uyi, maktab-internat sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
• tarbiyalanuvchining shaxsiy ishida yetishmayotgan uning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, mol-mulkining mavjudligi va butligi haqida ma’lumotlar va hujjatlarni to‘plash;
• sud, FHDYO, ta’limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari bilan bolaning ota-onasidan alimentlar tayinlash va undirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
• tarbiyalanuvchilarning shaxsiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
• bola ta’lim olayotgan davrda, o‘qishga yoki ishga kirayotganida hukumat tomonidan nazarda tutilgan imtiyozlarni ta’minlash;
• bitiruvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar ular bilan aloqa qilish;
• bitiruvchilar monitoringini yuritish.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat lozim darajada samarali olib borilmasligi qayd etiladi. Shu tufayli ham so‘ngi yillarda texnologik yondashuvni qo‘llash rasm bo‘ldi. Har qanday texnologiyaning asosiy bo‘g‘ini pirovard natijani belgilash va unga aniq erishish hisoblanadi. Texnologiyaning boshqa bir afzalligi - uni boshqa odam maxsus o‘rganganidan so‘ng amalga oshirishi mumkinligi.
Algoritm - vazifalarni yechish dasturi bo‘lib, u qaysi amallarning qanday ketma-ketligi yordamida muayyan natijaga erishish mumkinligini aniq tavsiflaydi.
Ijtimoiy texnologiyalar - ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarni o‘zgartirish va tartibga solishning optimal usullari haqidagi bilimlar tizimi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiya - muayyan ijtimoiy-pedagogik maqsadga erishish yo‘llaridan biri. U ijtimoiy- pedagogik faoliyatning muayyan natijaga erishishni ta’minlovchi bosqichlari, usullari va vositalari tvvsifi sifatida qaraladi.
V.P.Bespalko fikriga ko‘ra, har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo‘lishi mumkin. San’at intuitsiyaga, texnologiya esa - fanga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida rivojlanishi bilan ijtimoiy pedagog faoliyatining texnologiyalashtirilgan yo‘nalishlari ko‘payib borishi lozim. Shu tufayli ham har bir konkret vaziyatda ijtimoiy pedagog quyidagilarni bilishi darkor:
• ijtimoiy-pedagogik maqsadni;
• unga erishish yo‘llarini;
• ob’yekt xususiyatlari va imkoniyatlarini;
• amalga oshirish joyining xususiyatlarini;
• maqsadga erishish imkoniyatlarini;
• amalga oshirish shakllarini.
Shunday qilib, ijtimoiy jarayonlarning texnologiyalashtirilishi muqarrardir. Ayni vaqtda, ijtimoiy-pedagogik faoliyat to‘laligicha texnologiyalashtirilishi ham mumkin emas. Masalan, bola huquqlarini himoya qilish faoliyati asosan qonunchilik bazasiga tayanadi. Ba’zi bir hollarda namunaviy algoritmlarni konkret vaziyatga moslashtirish talab etiladi.
Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
• sub’yektga doir texnologiyalar individual yoki jamoaviy bo‘ladi. Individual texnologiyalarga o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini himoya qilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish texnologiyalari kiradi. Jamoaviy texnologiyalar yosh, jins, maqom, kasb-kor belgilariga ko‘ra ajratilishi mumkin. Masalan, ishsizlar uchun bu ishga joylashish texnologiyasi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun - mehnat bilan davolash va sh.k.;
• faoliyat texnologiyalari. Ular ijtimoiy-pedagogik ishni takomillashtirish, ijtimoiy pedagog faoliyatini optimallashtirishga qaratiladi;
• muhit texnologiyalari (masalan, insonni qurshagan muhitni sog‘lomlashtirish texnologiyalari va sh.k.).
Texnologik jarayon zamirida harakatlar algoritmi yotadi. Umuman olganda ular quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. Diagnostika bosqichi.
2. Boshlang‘ich vaziyat tahlili:
a) vaziyatning bola uchun mushkullik va xavflilik darajasini aniqlash;
b) u ijtimoiy pedagog yechishi lozim bo‘lgan muammolar jumlasiga kirishi yoki kirmasligini aniqlash;
v) sabablarni aniqlash;
g) muammoni qo‘yish;
d) muammoni yechishga bolaning tayyorligi yoki tayyor emasligi.
3. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza vazifasini belgilash (loyihalash); yordam ko‘rsatishga o‘zining qodirligini aniqlash; faoliyatni rejalashtirish.
4. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza usullarini belgilash, muammoni yechish yo‘llarini topishda bolaga yordam ko‘rsatish.
5. Muammodan chiqish natijalarining tahlili, o‘z faoliyatiga baho berish.
6. Bolaning holati va rivojlanishi ustidan nazorat olib borish. I.G.Zaynishev texnologik faoliyatning besh bosqichini ajratadi:
1. Dastlabki bosqich. Unda muammoni aniqlash, unga baho berish, uning paydo bo‘lishini belgilagan omillarni aniqlash amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagog o‘z intellektual va kasbiy salohiyatini ishga soladi.
2. Maqsadlarni qo‘yish bosqichi. Unda ijtimoiy ish tashkilotchilari va mutaxassislar faoliyatining maqsad va mo‘ljallari ta’riflanadi. Maqsadga qarab unga erishish yo‘llari va vositalari, qo‘shimcha axborot manbalari belgilanadi.
3. Axborotga ishlov berish bosqichi. Unda axborot yig‘ish va tizimlashtirish, uni tahlil qilish va umumlashtirish amalga oshiriladi.
4. Tashkiliy bosqich. Unda belgilangan ijtimoiy ta’sir choralarini belgilangan muddat ichida bajarish amalga oshiriladi.
5. Nazorat-tahlil bosqichi. Unda mutaxassislar faoliyatining yakunlari tahlil qilinadi, ijtimoiy faoliyat vazifalarini ijobiy hal qilishga ko‘maklashuvchi omillar aniqlanadi va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari belgilanadi.
Pedagogning professional lug‘atida “metod” va “metodika” tushunchalari yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Metod - muayyan maqsadga erishish yo‘li, harakat usuli. Metodika - odatdagi vazifalarni yechish imkoniyatini beruvchi metodlar majmui. “Texnologiya” va “metodika” tushunchalarining nisbatini aniqlash zarur. Maqsadni ko‘rsatish texnologiya uchun ham, metodika uchun ham muhimdir. Ammo ijtimoiy-pedagogik faoliyatda maqsadni aniq belgilash imkoniyati ko‘pincha mavjud bo‘lmaydi, ish jarayonida ko‘plab aniqliklar kiritish talab etiladi va ular dastlabki g‘oyaning o‘zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog o‘z intuitsiyasiga tayanish huquqiga egaki, texnologik yondashuv doirasida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Download 70.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling