Ijtimoiy pedagogik faoliyat. Ijtimoiy pedagogning huquqlari Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari


Download 1.77 Mb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1253580
1   2   3
Bog'liq
1-маьруза


Шаблоны презентаций с сайта presentation-creation.ru
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak. SHuning uchun haqiqiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko’nikma va malaka, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo’lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat qilsin.
Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog’liq bo’lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va ota-onalar shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi. Yurtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi
Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablar:
ijtimony axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko’rsatish spekgrlari haqida ma’lumot berish;
• ijtimoiy -huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat a’zolariga o’z haq - huquqlarini anglashga yordam berish;
• ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,
ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish;
• ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish;
▪ ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni tashkil etishga yordam berish:
▪ ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat
Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi Bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to`qri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga, yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrihoqlik, ezgulik, to`qrilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik, kommunikabellik(boshqalar bilan chiqisha bilish)Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning aqloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular: o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqatda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;
▪ ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, haqqoniyat. hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.)
▪ rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar
▪ o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orkali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yunaltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o`quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam kursatishga karatilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan ish olib borishi mumkin bulgan turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari uz ishlarini ijtimoiy pedagoglar orkali amalga oshiradilar.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat xar doim anik bir bolaga va uning ijtimoilashuviga, uni jamiyatga integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan muamolarini xal etishga yunaltirilgan bo`ladi.
Kasbiy faoliyat tuzilmasi — xar qanday faoliyat o`z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o`zaro boglikligini va o`zaro shartlarini aniklaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati tuzilmasi quyidagi komponentlardan iborat: sub’ekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), ob’ekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orkali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orkali nimalar amalga oshiriladi), vositalar (faoliyat kaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi).
Ijtimoiy pedagog faoliyatining ob’ekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga muxtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuksoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yoki akliy shakllanishi buzilgan bolalarning katta kismi (ko`zi ojiz, kar—sokov, akliy ojiz va bolalar tserebral falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning aloxida mexriga muxtojdir.
Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bulmaydi. Bordiyu, ota—onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa u xolda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo`ladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling