Metodlar - bolaning ijtimoiylashilishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba toʻplashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning oʻzaro boqliq hatti- harakatlari usullaridir. Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri boʻlib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta . Shuning uchun ijtimoiy pedagog oʻz amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida oʻz kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashkil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir - birlari bilan bogʻliqki, metodlar va usullar holatda vositalar rolini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qoʻllaniladi, Bu metodni qoʻllashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga koʻra odob-axloqning umumqabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki notoʻgʻri shakllangan bola bilan ish olib boradilar. - Shu jamiyatga qabul qilishgan hayot me’yorlari, ular toʻgʻrisidagi toʻgʻri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi, ogʻir - oqibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi oʻrnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan boqliq.
- Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulqi va faoliyoti motivlariga koʻchirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi.
- E’tiqod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining xaqiqiyligi va adolatliliga qat’iy ishonch boʻlib, u shaxsning ahloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xohishdir.
- E’tiqod - bu muayyan harakatning zarurligi va toʻgʻriligi tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his-tuygʻulari va irodasiga ta’sir oʻtkazadi.
- Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulqi, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |