Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari
Madaniyat bilan uyg’un bo’lish prinsipi
Download 67.68 Kb.
|
ijtimoiy pedagogika
Madaniyat bilan uyg’un bo’lish prinsipi:
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyati o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga SharqUyg’onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo’lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XV asr insonparvari Alisher Navoiy ham o’z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O’tmish faylasufi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyatning yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.Madaniy uyg’un bo’lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug’ilgan vaqti va joyini, bir so’z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir xalqva har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog’onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distervegga ko’ra tashqi madaniyat – bu axloqturmush, iste’mol qilish me’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat. Rossiya pedagogikasida madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozadiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo’lsak, yozish, o’qish, sanash, malakasidan, o’z dini, o’z vatani, uning tabiati, geografiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g’oya xalqchilik g’oyasi sifatida aks ettiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o’ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan. Madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g’oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi. “Inson tug’ilgan va o’sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o’z quyoshli o’lkamizni sevganimizdek, arablar ham o’z Arabistonini, uning issiqqumli cho’llarini, eskimoslar o’z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuqyerlarini sevadi”2. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko’zda tutadi. Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo’lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi - bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi. Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalqsan’ati, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki, ona tilida (o’zbek tili) yozish xalqishidir. Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning (maktab, bolalar bog’chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu yerlarda bo’ladi. Agar bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o’zlashtiradi va tabiiy yo’l bilan jamiyatga kiradi. Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo’lsa, unda uning xalqmadaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. Shuning uchun shunday bolalar uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan. Madaniy uyg’un bo’lish printsipini tatbiqetish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi: bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini e’tiborga olish; rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish. Download 67.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling