Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari


Download 67.68 Kb.
bet4/12
Sana25.04.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1398517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Gumanizm prinsipi
“Gumanizm” va “insoniylik” so’zlari lotincha “humanus” so’zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo’lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo’lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
Nazorat savollari:

  1. Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

2.Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob’ekti haqida ma’lumot bering?
3. Ijtimoiy pedagogikaning prinsiplari nimalardan iborat?
4. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari izohlab bering


Ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit orqali bolaning jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o’zaro ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko’cha, uy va buyumlar. Muhitbu yana o’ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun, bir tomondan inson unga (muhitga) nimadir olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o’zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko’rsatadi, unga o’z talablarini qo’yadi.
Muhitning insonga bo’lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o’zini tutishi qanchalik muhit ishonchiga to’g’ri keladi. Insonning o’zini tutishi ko’p holda jamiyatda u qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o’rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o’qituvchi, tarbiyachi, rafiqa, ona, qiz bo’lishi mumkin. Har bir tutgan o’rin insonga muayyan bir talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o’zini tutishi muayyan bir huquqva majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug’ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug’ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday maqomlar tug’ma berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o’zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko’ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o’qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o’zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o’zini istaganicha emas, balki o’z maqomiga ko’ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o’ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to’g’ri kelmaydiganmaqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o’zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o’g’il yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o’quvchi, o’rtoq, do’st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoqkiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo’lish), mutaxassis (o’qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o’zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har biri uchun yangi bo’lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.

Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling