Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari


Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari


Download 67.68 Kb.
bet9/12
Sana25.04.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1398517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari

Pedagogika

Ijtimoiy pedagogika

 ta'lim
 o`qitish
tarbiya
 pedagogik faoliyat

 ijtimoiy ta'lim
 o`qitishning ijtimoiy jihatlari
ijtimoiy tarbiya
 ijtimoiy pedagogik faoliyat
 ijtimoiylashuv
ijtimoiy institut
 ijtimoiy adaptatsiya
 ijtimoiy reabilitatsiya

Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniqmanzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy so\hada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari. “Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. Har bir fan yoki soha o`z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi.
Ijtimoiy pedagogikaning muammolari uzoqtarixga ega bo`lishiga qaramasdan yevropa, Rossiya va O`zbekistonda alohida fan sifatida o`zining dastlabki qadamlarini qo`ymoqda. Shuning uchun ham uning tamoyillarini belgilashda ham ancha murakkabliklar vujudga keldi. Shunga qaramasdan, bu fanning quyidagi uchta tamoyilga suyanishi, ya'ni asosga ega ekanligi aniq. Bular: Tabiatga muvofiqlik tamoyili, Madaniyatga muvofiqlik tamoyili, insonparvarlik tamoyili.

Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling