Ijtimoiy pedagogika faoliyat turlari


Download 67.68 Kb.
bet11/12
Sana25.04.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1398517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

B) Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi.
Bu prinsiptarbiyaningtabiatbilanuyg`unbo`lishi prinsipiningdavomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan, ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga SharqUyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bundaikkitamuhimtezisbelgilandi: shaxsmadaniyatorqalishaklanadi, harqandaymadaniyatasosi, boyligiesainsondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyatbilanuyg`unbo`lish prinsipipedagogikadaA.Disterveg (X1Xasr) tomonidan ilgarisurilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-shariti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Butuninsoniyatharbirxalqvaharbiravlodmadaniyatrivojlanishiningma’lumbirpog`onasidaturadi.
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.
S) Insonparvarlik tamoyili.
J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham har tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:

    • qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

    • “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish;

    • Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi.


Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling