Ijtimoiy pedagogika integrallashgan bilim sohasi sifatida
Download 47.05 Kb.
|
IJTIMOIY PEDAGOGIKA INTEGRALLASHGAN BILIM SOHASI SIFATIDA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish ning metodologik asosi
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi
Ishning maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvini nazariy va amaliy jihatdan asoslash.
Ishning ob'ekti: Ijtimoiy ta’limni integratsiyalash. Psixologik-pedagogik bilimlar integratsiyasi Ishning predmeti: Ijtimoiy pedagogika fani, Ta’lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammo sifatida, bular bo’yicha olimlar tamonidan olib borilgan taqdiqotlar. Ishning vazifalari: Ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi. Ijtimoiy ta’limni integratsiyalashning ahamiyati Ta’lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammo sifatida Psixologik-pedagogik bilimlar integratsiyasi Ishning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyovning nutq va ma’ruzalarida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir fikrlari hamda yondashuvlari, O`zbekiston respublikasi Hukumati, O‘zbekiston respublikasi Birinchi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-2021 yillarda boshlang’ich ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish Dasturi, oila blan ijtimoiy pedagogik faoliyatni sifatli yo’lga qo’yilishini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy Hujjatlari, mavzuga oid ilmiypedagogik, psixologik, metodik manbalar. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishi 36 listdan iborat bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat II. Asosiy qism 1. Ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruxiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga–bo‘yining o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruxiy o‘zgarishlari esa uning akliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruxiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi–bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uningxulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baxolash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda ko‘zatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farkli ularok, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat urnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruxiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va xokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo‘lida og‘ishsmay, e’tikod bilan xizmat ilish, imonli bo‘lishi, insonni shaxs darajasiga kutaradi. Bunday sifatlarning ruyobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Fan faoliyatinipg bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda qiyin protsess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashki va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashki faktorlarga: Insoni urab turgan tabbiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta’sir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi protsessida turli faoliyatlarga duch keladi: uyin, o‘qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi ota-onasi, aka ukasi, qarindoshlari, do‘stlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko‘r, soqov, ya’ni nuqsonli bolalarning ko‘payishi kuzatilmoqda Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat buzilishini, shizofreniya qon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmokda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda bularning hammasini hisobga olish kerak. Ijtimoiy faktorlarga: Mikrofaktorlar, mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir Bolaga eng yaqin bo‘lgan sotsiumlar bular – oila, turli xil guruhlar, turli xil to‘garaklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin.U faqatgina bu sotsiumdan o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy makom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyinxulqni boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar-axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yigindisidir. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq; takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. A.Avloniy tarbiya hakida gapirar ekan shunday degan edi: “tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo haloqat, yo sadokat, yo faloqat masalasidir”. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxu vasallam afandimiz: «Insonlarning qarami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi axloqdandir, -demishlar». Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘sish nihoyatda qiyin kechadi. Bola mana shu ylllar mobaynida ham jismoniy, ham ruxiy jihatdan o‘sishi va o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolg‘a yetadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofik ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham L .I.Bojovich odam shaxs bo‘lishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmogi o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan fark qilmogi kerak degan edi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘zini mijozi, fe’l-atvori, qobiliyati, akliy rivojlanish darajasi, extiyoj va ko‘rsatishlari bilan fark qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruxiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi talim-tarbiya cho‘qqisiga erishtandan so‘ng inson shaxs sifatida o‘zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaktda odam atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazarga ham ega bo‘lmogi kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir. Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrogi har bir xodimning mehnatga. kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshklardan ajratib turadi. Shaxs haqida gapirilganda tabiiy xolatda shunday savol tug’iladi har qanday odam shaxs bo‘la oladimi Shaxs bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak. Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning Sotsial mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo. ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi holatga o‘tish, yangilanish yangining paydo bo‘lishi va eskining o‘lib borishi, mikdor o‘zgarishning sifat o‘zgarishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb karaydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga nafaqat o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga , hayotga, mehnatda bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z haqidagi Vataniga, umuman butun borliqdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiya’ning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiya’ning natijasi deb qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini tug‘ri hal qilish uchun avvalo uning hulkiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi urganmoq lozim. Buning uchun turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy kiyofasi, insoniy fazilatlar ruyobga chiqadi. «Har bir inson, degan edi Forobiy; o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq, uchun ko‘p narsalarga muxtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi, shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi, ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati buyicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga shaxsiy farkni ularning ruxiy xolatining turlicha namoyon bo‘lishini,xulqi va karashlaridagi farkni qaysi omil belgilaydi degan tabiiy savol tutiladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi kaysi, biri yetakchi rol uynaydi degan savolg‘a javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu savolg‘a turli tarixiy davrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. hozirgi kunda ham bu masalaga turli nuqtai nazarlar bildirilmokda. Ochiqrogi, fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga munozara Ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asirlik mazkur munozara zamirila ikki bir-biriga karama qarshi nuqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol uynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy vokealar tarbiya’ning muhim omil ekanligini takidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning mikdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona adjida avlod-ajdodlaridan tug‘ma utgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chikadi. Bu nuk;tai nazar namoyonlalari tarbiya’ning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yunalish deb atatadi. Bu Gtunalishning dastlabki namoyondalari kadimgi yunon olim va faylasuflari Aristotsl, Platon, Sukrot va Demokratlarning pedagogik karashlarida o‘z aksini topib. ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan xukmron bo‘lishga. biri kambakal, biri boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib. bu olloxning irodasi deb sabr-tokat qilishga da’vat etilgan. Takdir. tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizk-ro‘zini, umrini xuddi o‘lchab bergan. Shu jumladan insonning kelajakda qanday inson bo‘lishi ham ularning nasliy sifatlariga Ko‘p jixatdan bog‘lik, deb ko‘rsatganlar. Aytish joizki, shunga yaqin nuqtai-nazarni XIX asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyendalarining fikrlarida xam uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiya’ning rolini chegaralab qo‘yishadi. Inson shaxsi va uningxulq-atvorining rivojlanishida naslning rolini yuksak baxolagan yana bir okim «bixeviorizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida keng tarkaldi. Bu oqimning ko‘ ga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tug‘diradigan ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashki reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari. shu jumladan ong va akliy qobiliyat ham nasldan naslga utadi, guyo odamning «ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi akliy qobiliyati tabiatan berilgandir Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atokli vaqili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat mikdoriy o‘z garishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashkaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy etib borishini uta murakkab va karama-qarshi jarayon deb bilali. Uning shaxs sifatida shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham o‘z xoli va o‘z o‘rni bilan muhim rol o’ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz to’plagan tajribalarga suyangan xolda ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy to‘z ilgana maxsuli. Uning mohiyatini ijtimoiy muosabatlarning tashkil etadi u yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit belgilaydi. shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, shaxe sifatida rivojlanib boradi, urgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida kullaydilar.. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit unga bo‘layotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi, Demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘z i o‘rtasidagi murakkab alokd ta’siri ostida ruy beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yul bilan hayotini o‘z tabatini o‘z gartiradi. Pedagogik va psixologik oqimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga muhit va tarbiya’ning roliga ham yuksak baxo berishadi. Zotan shaxsning kamolg‘a yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga o‘zgarmas xususiyatlargina utadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik kerak. Tarixiy tarakkiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi, nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaktda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat bilan utadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi muhim rol o‘ynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tug‘ma layokatlar bo‘lsayu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bo‘lmas ekan inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘kdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layokatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layokat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘k bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘la-to‘kis hayot sharoitiga bog‘liq. ekanligini ko‘rsatadi. Odam bolasidagi qobiliyat ko‘rtaklarining rivojlanishi avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tish kerakk, sharoit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin. Butun jahonga ma’lum va mashxur O‘rta Osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib tug‘ilmagan, balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti kolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va vokelik, axloqiy haqiqat burch va borlik, axloqiy hayotda obyektivlik va subyektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadr qimmat singari axloqiy sifatlarning uta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo‘ladi. Usha davrda insonparvarlik g‘oyalari kadr-qimmati. insoniylik yangi va yuksak bosqichga ko’tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil haqdi ravishda tarbiyada inson qadr-qimmatining buyukligi hhaqida gapirib shunday deydi; - «xazrati insonnnng xurmat-extiromga sazovor ekanligini tan olmagan har knm mal’undir». Darhaqiqat bunday insonlar qadriyatlarimiz daxrsi bo‘lishi inom Buxoriy, Forobiy, Axmad Yassaviy, Yusuf xos xojib, Sufi Olloyor, Abu Rayxon Beruniy, Abu ali ibn Sino, Umar xayyom, Sa’diy Sxeroziy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur. Mirzo Ulugbek, Mirzo Bedil, Axmad Donish va boshqa Ko‘pgina mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik karashlarini pedagogika fanining rivojlanishida metodik asos qilib olish bugungi kun talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Individning sotsiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi.. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘z ini faol karor toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvning samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la – to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘z gartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsata olmas edi. Bu xol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasliligiga bog‘liq bo‘lmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Individning sotsiumga kirishishi iborat murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘zini faol karor toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga tula–to‘qis kushilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari hakidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni jamiyatdagi o‘z mavkeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni haqidagi tasavvuri bilan real mavkei o‘rtasida farq bo‘lgan bir sharoitda ijtimoiy makomni shaxsiy talablar, qobiliyatlar va qadriyat yo‘nalishlariga muvofiq o‘zgartirish mumkin emas edi. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling