2.1 Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy amaliyoti turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo’yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va pedagogika to’qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |