Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet171/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Bolalar jinoyatchiligi – balog‘atga yetmaganlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan hamma sodir etadigan noqonuniy harakatlari to‘plamidan iborat negativ ijtimoiy-huquqiy holatdir.

  • Vasiylik - muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish.

  • Valeolog (lot. Vale –sog‘ bo‘l) – bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi mutaxassis.

  • Guruhnnng ijtimoiy psixologik iqlimi – guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi munosabatlarning dinamik maydoni.

  • Deviant xulq atvor - ijtimoiy yoki axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan xulq-atvor.

  • Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”) - o‘rnatilgan me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq- atvor.

  • Dinamik steriotip - bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo‘lib, inson xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo‘ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy mehnat ko‘nikmalari kiradi.

  • Degradasiya – (fransuzcha degradation) – doimiy yomonlashish, og‘irlashish, tushkunlik, harakatning orqaga ketishi.

  • Yetim bolalar — 18 yoshgacha bo‘lgan, turli sabablar bilan ota-onasining biri yoki ikkisi ham yo‘q bolalar.

  • Yetimlik — jamiyatda ota-onasidan judo bo‘lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan ijtimoiy hodisa.

  • Jamoa — ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh.

  • Jinoyat — delinkvent xulq-atvor turi bo‘lib, shaxsga hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan ob’yektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli xatti-harakat.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   191




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling