Ijtimoiy informasion yordam — bolalarni ijtimoiy g‘amxo‘rlik, himoya, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy ish — ijtimoiy sohadagi tashkiliy faoliyat bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlaridagi ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo‘lgan maxsus ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. Uning maqsadi inson manfaati va ehtiyojlarini moddiylashtirish, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega natijalarni qo‘lga kiritish, jamiyatda shaxs, guruh hamda jamoaning‘ ijtimoiy maqomini mustahkamlash yoki o‘zgartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |