Pedagogik qarovsizlik — shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasiningdezintegrasiya ta’siri oqibati. Ular, avvalambor to‘laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalar va o‘smirlarni o‘rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiya bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo‘lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptasiyasi, individuallashuvi va integrasiyasiga qaratilgan. Uningob’yekti bola hisoblanib, predmeti bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.
Rahmdillik — kimgadir yordam berishga tayyor bo‘lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Reabilitasiya — bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida kundalik mehnat va hayotga qaytishi. Bu, birinchidan, tibbiyot yordamida insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan, maxsus o‘quv metodlarini qo‘llash, uchinchidan esa, professional tayyorgarlik asosida erishiladi.
Referent guruh — inson uchun o‘lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.
Refleksiya insonning ichki ruhiy faoliyati bo‘lib, o‘z xatti- harakatlari, xislatlari, holatlarini anglab olishiga qaratilgan; insonning o‘z ma’naviy dunyosini anglab olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |