Ijtimoiy ta’lim — ta’lim oluvchilarga ijtimoiy bilimlarni hamda ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashuvchi ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.
Ijtimoiy ta’minot — davlat moddiy ta’minoti va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi.
Ijtimoiy terapiya — davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.
Ijtimoiy texnologiya — turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy- pedagogik.
Do'stlaringiz bilan baham: |