Ijtimoiy sog‘lik individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarining muayyan darajasi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanishni anglatadi. Ijtimoiy sog‘likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
Ijtimoiy tajriba — turli bilim, ko‘nikma va malakalar birligi, xulq-atvor me’yorlari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajribasi, adaptasiya, o‘z-o‘zini anglab olish tajribalari majmuasi.
Ijtimoiy tarbiya — shaxsning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarni shakllantirish jarayoni.
Ijtimoiy tarbiyada yoshga ko‘ra yondashuv — inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
Ijtimoiy tarbiyaga individual yondashuv — tarbiya- lanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy, ham individ darajasida inobatga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |