1. Adaptasiya ta'limotining tibbiy- biologik asoslari Adaptasiya bosqichlarning ta`rifi
Download 24.7 Kb.
|
MAVZU4
MA’RUZA-4. Adaptatsiya ta’limotining tibbit biologik asoslari. Reja: 1. Adaptasiya ta'limotining tibbiy- biologik asoslari 2. Adaptasiya bosqichlarning ta`rifi. Adaptatsiya muammosi nafaqat ijtimoiy fanlaming balki tibbiy- biologik fanlaming ilmiy muloqatlarining mavzusidir. Tashqi va ichki muhit omillar ta’siriga javoban organizmning moslashuvjarayoniga adaptatsiya deyiladi. Adaptatsiyaning ijobiy tomonlaridan organizmni hamma a’zolarining ta’sirotlarga javoban o‘z vazifalarini bajarishga tayyor bo’lganligidir. Shaxsiy yoki individual adaptatsiya deganda hayot mobaynida rivojlanadigan moslashuv jarayoni bo’lib, organizmning tashqi yoki ichki muhit sharoitining ma’lum bir omili ta'siriga nisbatan chidamlilik yoki turg‘unlik holatining hosil bo’lishi tushuniladi. Agar oldin hayot uchun xavf tug‘diradigan omilga nisbatan turg‘unlik paydo bo’lishi bilan birga yangi o‘zgargan muhitga nisbatan keng yoki tor donozologik reaksiya javoblari hosil bo’lsa, unda to’liq o‘zgarish yoki chala o‘zgarish bilan ro‘y beradigan moslashuv haqida gapirish mumkin. Adaptatsiya muammosi nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ma’lumki, jamiyatda adaptatsiya aholining ma’lum bir geografik joydan ikkinchi joyiga migratsiya - ko‘chib o‘tish jarayonlarida namoyon bo’ladi. Masalan, adaptatsiya jarayonining idora etilishi va undan to‘g‘ri foydalana olish taktikasini ishlab chiqish ayniqsa turli yoshdagi va toifali aholini sovuq yoki issiq iqlimli sharoitning o‘zgartirishi, yuqori va stressor yuklamalarga moslashuvida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Adaptatsiya jarayoni rivojlanishida ikkita bosqich tafovut qilinadi: oldingi bosqich - “tez vaqtli adaptatsiya” yoki takomillashmagan bosqich deb nomlanadi. Keyingi bosqich - “uzoq vaqtli yoki takomillashgan adaptatsiya” deyiladi. Boshlang‘ich bosqichda ma’lum qo‘zg‘atuvchi omil ta’sirida oldin hosil bo‘lgan tayyor fiziologik mexanizmlar orqali adaptatsiya reaksiyasi kelib chiqadi. Tez vaqtli adaptatsiyaning ko‘rinishlaridan misol tariqasida hayvonning og‘riqqa javoban qochishi, sovuqqa nisbatan tanadan issiqlik ajralishi, havoda kislorod yetishmasligiga o‘pkada ventilatsiyaning tezlashishi, yurakning minutli hajmini oshishini ko‘rsatish mumkin. Bu bosqichdagi adaptatsiyaning xususiyatlaridan biri - bu organizmda mavjud bo‘lgan zaxiralarining sarflanishi. Masalan, mashqlanmagan va jismoniy tayyorgarligi bo’lmagan odam yugurayotganida barcha a’zolarining ishi maksimal darajadagi fiziologik imkoniyatlarining sarf qilishini talab qiladi. Natijada adaptatsiya qisqa vaqt mobaynida barcha tizimlari va a'zolaming katta hajmli ish bajarilishini majbur qilishi natijasida chala yoki takomillashmagan adaptatsiyani rivojlantiradi. Uzoq vaqtli adaptatsiyaning hosil bo’lishi uchun tashqi yoki ichki muhit omillari organizmga o‘z ta’sirini uzoq vaqt davomida va birin-ketin takrorlanishi orqali asta-sekin paydo bo’ladi. Natijada organizmda qisqa muddatli adaptatsiyaning bir necha marta takrorlanishi natijasida miqdoriy ko‘rsatkichlaming yangi sifat ko‘rsatkichlarga aylanishi kuzatiladi. Demak, organizm adaptatsiyalashmagan holdan adaptatsiyalashgan holga o‘tadi va yangi sifatga ega bo’ladi. Qisqa muddatli adaptatsiyadan so‘ng uzoq muddatli adaptatsiyaning rivojlanishi hayotning davomiyligini, yangi yashash muhitlarining egallashini, natijada yashash arealining kengayishini, insonning esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvini ta'minlaydi. Kompensatsiya - moslashuv jarayonlari natijasida shakllangan bo’lib, bunday moslashuv yo’li uchun hujayralaming ichki tuzilishida gipertrofiya va giperplaziya hodisaning ro‘y berishi kuzatiladi. Organizmning reaktivlik doirasi qanchalik keng bo’lsa, u xavfli omillar ta’siridan shunchalik ishonchli muhofazalangan bo’ladi. Organizmining funksional holati uning asosiy tizimlarda zaxiralaming mavjudligi bilan belgilanadi, asosiy funksional tizimlaming «zaxiradagi quvvati yig‘indisi» faqat salomatlikning holatinigina tavsiflab qolmay, insonning kasallikka munosabatini ham belgilaydi. Organizmning zaxiradagi imkoniyatlari salomatlikning ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, insonning yashash qobiliyatini ham ko‘rsatadi. Ulaming ahamiyati, ayniqsa, tashqi muhitdagi o‘zgarishlar vaqtida, tanglik va tanglikka yaqin vaziyatlarda, u yoki bu kasalliklaming rivojlanishi vaqtida, keksayish jarayonida ortadi. Insonning zaxiradagi imkoniyatlari konsepsiyasi organizmga tarixan ato etilgan obyektiv imkoniyatlarga tayanadi. Sog‘lom kishi katta hajmli jismoniy ish bajarish bilan bog'liq hayot faoliyati jarayonida tabiiy zaxira hisobiga funksiyalaming yanada maqbullashishi yuz beradi, faol harakatchanlik hattoki inson genomini ham o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Demak, adaptatsiya muammosini yechish - bu organizmning nafaqat jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonlarining xususiyatlarini o‘rganishdir, balki adaptatsion imkoniyatlami hisobga olgan taqdirda mashqlanish jarayonini tashkil etish, balki turli stressor vaziyatlaming ta’siri orqali inson salomatligiga ham ta’sirini tahlil qilish mumkin. Mazkur muammoning yechimi insonning imkoniyatlarini baholashga yangicha yondoshish uchun sharoit yaratadi, kishilami bolaligidan va butun ongli hayoti davomida ta'lim va jismoniy tarbiya berish jarayonlari samaradorligini oshirishga olib keladi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling