1. Adaptasiya ta'limotining tibbiy- biologik asoslari Adaptasiya bosqichlarning ta`rifi
Jismoniy yuklamalar ta’sirida adaptatsiya jarayonining rivojlanish mexanizmlari
Download 24.7 Kb.
|
MAVZU4
- Bu sahifa navigatsiya:
- L Jismoniy yuklamalarga moslanishning boshlang‘ich bosqichi.
Jismoniy yuklamalar ta’sirida adaptatsiya
jarayonining rivojlanish mexanizmlari Ma'lum bir omil ta'sirida muskullar tomonidan ma’lum kuch va quvvatga ega bo‘lgan ish bajariladi. Jismoniy yuklamalar ta'sirida turli holat va harakatlar bajarilishida nafaqat tayanch- harakat apparati ishtirok etadi, balki stmktur o‘zgarishlar bir qancha morfofunksional tizimlarda ro‘y beradi, chunki organizm ta’sirotlarga yaxlit tizim sifatida javob beradi. Bir tizimda paydo bo‘lgan o‘zgarishlar boshqa tizimlarda ham o‘zgarishlami vujudga keltiradi. Masalan, odam organizmi yaxlit tizim sifatida ta’sirotlarga berayotgan javobi ikkita muhim vazifani bajarishga yo‘naltirilgan. Birinchidan, muskullar faoliyatini ta'minlash bo‘lsa, ikkinchidan, ichki muhit sharoitining barqarorligini yoki gomeostazini tiklashdir. Ma'lumki, muskullar faoliyati muayyan funksional tizim orqali ta'minlanadi. Bu jarayonlaming ro‘y berishi neyrogen va gormonal mexanizmlar yordamida boshqariladi. Muskul ishining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotga javoban neyrogen boshqarish markazidan harakat reaksiyasiga javoban qon aylanish, nafas olish va funksional tizimini tashkil etuvchi boshqa komponentlar o‘z ishini bajarishga tayyor bo‘lishini ta'minlaydi. Bir vaqtning o‘zida gipotalamo-gipofizar va simpatiko-adrenal tizimlaming faollashuvi gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi. Bu zanjiming faoliyati tufayli adaptatsion jarayon idora etiladi. Natijada, organizmda stress-reaksiya kelib chiqadi va unga javoban a’zo, to‘qima, hujayra va molekular darajalardagi faoliyat faollashadi. Bu jarayonlaming ketma-ket ro‘y berishi tufayli adaptatsiya rivojlanishida 4 xil bosqich farqlanadi. L Jismoniy yuklamalarga moslanishning boshlang‘ich bosqichi. Funksional tizim maksimal darajada imkoniyatlaridan foydalanishga harakatlanadi. Natijada, stress-reaksiya rivojlanib, harakat reaksiyaning o‘zi takomillashgan ijro etiladi. Mashqlanmagan organizmning harakat holdagi javobi kuchi jihatdan yetarli darajada emas, yoki vaqt ko‘rsatkichi bo‘yicha qisqa muddatli, yoki bajariladigan harakatning fazalarining koordinatsiyasi buzilgan bo‘lishi mumkin. Stress-reaksiyaning asosiy natijalariga quyidagilar kiradi: Organizmning funksional tizimini tashkil etuvchi komponentlari orasida energetik zaxiralaming qayta taqsimlanishi. Uzoq muddatli adaptatsiyaning hosil bo‘lishi uchun uni tashkil etuvchi stmktur komponentlarining rivojlanishi. Stress-reaksiya jarayonning rivojlanishida katexolaminlar va kortikosteroidlaming miqdorini o‘zgarishi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling