1. Adaptasiya ta'limotining tibbiy- biologik asoslari Adaptasiya bosqichlarning ta`rifi
II. Ikkinchi oraliq yoki jismoniy yuklamalarga uzoq muddatli adaptatsiya bosqichi
Download 24.7 Kb.
|
MAVZU4
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bosqich - turg‘unli adaptatsiya bosqichi.
- IV bosqich - adaptatsiyani ta’minlovchi tizimlarning ishdan chiqishi.
II. Ikkinchi oraliq yoki jismoniy yuklamalarga uzoq muddatli adaptatsiya bosqichi. Qisqa muddatli adaptatsiya natijasida funksional tizim tarkibiga kiruvchi a’zo va to‘qimalaming hujayralarida nuklein kislotalar va oqsillaming sintezlanishi faollashadi. Natijada hujayra hajmlarining oshishi - gipertrofiya va hujayrani tashkil etuvchi strukturalami (mitoxondriyalar, Goldji to‘r apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar) gipertrofiyasi tufayli a’zo va to‘qimalaming massasi ortadi. Bu tuzilmalaming faoliyati tufayli maxsus “struktur izi” hosil bo‘lishi kuzatiladi. Funksional tizimning neyrogormonal boshqarilishi tufayli oqsillar sintezi tezlashadi va natijada qo‘zg‘aluvchi markazlar orasida vaqtinchalik bog‘lar hosil bo‘ladi. Bu esa shartli reflektor stereotiplaming hosil bo‘lishiga va yangi harakat ko‘nikmalaming shakllanishiga zamin yaratadi. Harakat ko‘nikmalaming shakllanishi bilan birga nafas olish tizimi va qon aylanish tizimlarida ham shartli ravishdagi reflektor ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Demak, funksional tizimning komponentlari bilan harakat reaksiyasini ijro etadigan harakat apparati orasida maqsadga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlar hosil bo‘ladi. Rivojlanayotgan barcha o‘zgarishlar tufayli stress-reak- siyani ifodalaydigan ko‘rsatkichlaming kuchi pasayadi. Natijada qonda katexolaminlar, kortikosteroidlar va boshqa gormonlar miqdori oshadi. Ko‘rsatilgan o‘zgarishlar natijasida oqsillaming parchalanishi, azotli balansning buzilishi, fermentimiya kabi belgilaming namoyon etilishi pasayadi.
III bosqich - turg‘unli adaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda to‘qima va a'zolardagi ro‘y beradigan o‘zgarishlar o‘z nihoyasiga “struktur iz”ni qoldirgan darajasigacha yetgan bo‘ladi. Adaptatsiya jarayonida “struktur izi”ning paydo bo‘lishi - organizmning nafaqat turli jismoniy yuklamalarga nisbatan moslashish jarayonining rivojlanishini ta'minlandi degani, balki turli zararli ta’sirotlarga nisbatan chidamlilik, kasalliklarga chalinmaslik xususiyatiga ega bo‘lishni va biologik barkamollikka erishishganligi to‘g‘risida dalolat beradi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning rivojlanayotgan organizmga ijobiy ta'siri zaminida organizmdagi hamma a'zolar, tizimlar va yaxlit organizmning ichki va tashqi muhitlar o‘zgarishlariga, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o‘zga- rishlarga keng miqyosda moslashish xususiyatlarining shakllanishi yotadi. Kam harakatlik (gipokineziya) sharoitida voyaga yetgan bolalar va o‘smirlar organizmi va a’zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada bo‘lmaydi. Shu sababli ular organizmi tashqi muhit, ichki muhit hamda faoliyatning turli va keskin o‘zgarishlariga o‘z vaqtida va yetarli darajada moslasha olmaydi. Natijada bolalar organizmida turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar kelib chiqadi. Bu hol ayniqsa, voyaga yetgan ayollar a’zolarining homiladorlikka xos bo‘lgan yuqori va uzluksiz ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi oqibatida ko‘plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘z o‘mida bunday ayollardan tug‘ilgan avlodlaming ham hayoti mobaynidagi moslashuv xususiyatlari cheklangan bo‘lishi mumkin. “Struktur izi”ning birinchi namoyon etadigan xususiyatlaridan - bu neyrogormonal apparatining faoliyatini keskin o‘zgarishi natijasida turg‘unli shartli reflektor dinamik stereotip shakllanadi. Harakat ko‘nikmalarning xili ortadi. Bundan tashqari, stress - ta'minlovchi simpatiko-adrenal tizimining funksional imkoniyatlari ortib, uning faoliyati juda tejamlilik bilan bajariladi. Bunday tejamli adaptatsiyaga misol: mashqlangan odamlarda bir xil beriladigan standart yuklamaga javoban ajralayotgan katexolaminlaming miqdori, mashqlanmagan odamlarga nisbatan ancha past ko‘rsatkichlar bilan ta’minlanadi. “Struktur izi”ning yana bir xususiyatlaridan biri - bu jismoniy yuklamalar moslashishida o‘zgarishlar nafaqat neyrogormonal tizimda ro‘y beradi, balki harakatlami ta’minlovchi - tayanch- harakat apparatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Tayanch-harakat apparatida adaptatsiya ikki xil yo‘nalishda ro‘y beradi: gipertrofiya va giperlaziya. Muskul tolalarda bir vaqtda hajmi va miqdorining oshishi, uning yuzasidagi kapillar to‘ri sathining kengayishi, nerv oxirlarining muskul yuzasida tarmoqlanishi natijasida moto- neyronlar soni ortadi va muskullar harakatining koordinatsiya etish xususiyati takomillashadi. IV bosqich - adaptatsiyani ta’minlovchi tizimlarning ishdan chiqishi. Bu bosqichning o‘tilishi shartli emas, chunki jismoniy yuklamalarga nisbatan turg‘unli adaptatsiya ko‘p yillar davomida saqlanishi mumkin. Adaptatsiyani ta’minlovchi tizimlaming ishdan chiqishi 2 holatda ro‘ y berishi mumkin. Birinchi holat mashqlanish jarayonida uzulmaslik prinsipiga rioya qilinmaganda. Masalan, sportchi uzoq vaqt davomida mashqlanishlarga qatnashmaganligi sababli hosil bo‘lgan “struktur iz” yo‘qolishi tufayli. Ikkinchi holatda, jismoniy yuklamalarga nisbatan turg‘unli adaptatsiyaning buzilishi - mashqlanish davrida turli stressor vaziyatlaming paydo bo‘lishi, masalan, musobaqalarda, turli holatlar sportchi organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nafaqat haddan tashqari mashqlanishda «uzilish» holatlari, balki salomatlik darajasi ham zaiflashib ketadi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling