1. Adaptasiya ta'limotining tibbiy- biologik asoslari Adaptasiya bosqichlarning ta`rifi
Download 24.7 Kb.
|
MAVZU4
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI.
Adaptatsiya shakllari
Jismoniy yuklamalar ta'sirida rivojlanadigan adaptatsiya birinchi tomondan o‘sish va rivojlanish mexanizmlar ishtiroki natijasida, ikkinchi tomondan, hujayralar ichida ro‘y beradigan regeneratsiya jarayoni natijasida rivojlanadigan kompensator - moslashuv jarayonlar orqali namoyon etiladi. B.A. Nikityuk jismoniy yuklamalarga nisbatan ratsional va irratsional adaptatsiya turlarini ajratadi. Ko‘rsatilgan 2 turdagi adaptatsiya ayniqsa suyaklar va yurak muskullarida aniq ko‘rsa- tilgan. Naysimon suyaklarda ratsional adaptatsiya quyidagi belgilar bilan ta’riflanadi: 1) suyakning o‘sish mexanizmlarining uzoq vaqtgacha saqlanib turishi; 2) suyakning bo‘yiga o‘sishi - suyaklaming metafizlardagi hujayralami faol ko‘payishi tufayli ro‘y berishi. Suyakning eniga o‘sishi - suyak pardasi ostida yangi osteonlarning hosil bo‘lishi, suyak bo‘shlig‘ining kengayishi esa uni o‘rab turgan zich tolali suyakning yemirilishi tufayli ro‘y beradi. Suyakning tashqi diametri oshishi orqali jismoniy yuklamalarga nisbatan chidamlilik va turg‘unlik sifatlari rivojlanadi. Bunday adaptatsiyaning tejamli deb hisoblanishi shundan iboratki, ichki bo‘shliq tomonidan suyakning yemirilishi natijasida modda almashinuv aylanishi tufayli mineral tuzlar qayta sarflanadi. Irratsional adaptatsiya jismoniy yuklamalarga suyakning tez, qisqa vaqt mobaynida rivojlanishi va tez bu jarayonning tugallanishi bilan ta’riflanadi. Suyakning tashqi diametri o‘zgarmasligi tufayli suyak hajmi ortmaydi, lekin suyakning hosil bo‘lishining ro‘y berishini faqat tashqi tomonidan emas, balki ichki bo‘shliq tomonidan kuzatish ham mumkin. Natijada suyakning markaziy bo‘shlig‘ining diametri torayadi va umuman olganda suyakning devori ham qalinlashadi. Lekin bunday adaptatsiya tejamsiz hisoblanadi va bunday suyak katta yuklamalar ko‘tarishga tayyor emas. Yurak muskulining ratsional adaptatsiyada moslashuv jarayoni maqsadga muvofiq tarzda ro‘y beradi. Yurak devorining hajmini keskin ortishi gipertrofiya kuzatilmaydi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro‘y berib, kardiomiositlardagi organoidlarining yangilanishi kuzatiladi. NAZORAT SAVOLLARI. Adaptatsiya shakllari Jismoniy yuklamalar ta’sirida adaptatsiya jarayonining rivojlanish mexanizmlari Jismoniy yuklamalarga moslanishning boshlang‘ich bosqichi. Download 24.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling