Guruhlarning chiqishlari (har guruhga 5 daqiqa)
4-bosqich: Guruh ishlarining muhokamasi va xulosalari (10 daqiqa)
5-bosqich: Guruhlar mavzuni yoritib berish uchun keys texnologiyasidan foydalanadilar.
6-bosqich: mustaqil bajarish uchun uyga topshiriqlar beriladi va dars yakunlanadi.(10 daqiqa).
Keyslar to‘plami
Savolli keyslar
1-keys bayoni
Ingliz tili darsida o‘qituvchi o‘quvchilarga: “O‘rtog‘ingdan ko‘chirma!”, “O‘zing yoz, birovlarning daftariga qarama!”, “Obbo, ko‘chiradigan odamingni ham topibsanmi-a! Uning o‘zi xatto ko‘chirib olishni ham qoyillata olmaydi-yu!” singari zaharxanda so‘zlar bilan bir necha bor qattiq tanbeh berdi.
Boshqa sinfda esa o‘qituvchi darsiga yo‘l-yo‘lakay, albatta, ammo ta’sirli qilib: “Bolalar bir-biringizdan berkitmanglar, bu yaxshi emas, hech kim sizlardan ko‘chirayotgani yo‘q!”, - dedi.
Keys savollari:
1. Birinchi o‘qituvchining o‘quvchilarga bu boradagi yondashuvi to‘g‘rimi? Pedagogik talabni shunday tarzda qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?
2. Nima deb o‘ylaysiz, ikkinchi o‘qituvchi pedagogik talab to‘g‘ri qo‘yyaptimi? Uning xatti-harakatlarini oqlash mumkinmi?
Keys tahlili:
Ta’lim jarayonida individual nazorat topshiriqlarini har bir o‘quvchi mustaqil bajarishi lozim. Biroq, ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, shu jumladan, bir-birlariga nisbatan o‘zaro ishonchni tarbiyalay olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |