Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet103/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Pedagogik tashxis — o‘quvchi va o‘quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga individual va differensial yondashuvni ta’minlash uchun o‘rganish.

  • Pedagogik texnologiya — ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Uning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod, loyihalashtirish, butunlik va boshqarish. Pedagogik texnologiyalar bir-biri bilan bog‘liq aniq ifodalangan bosqichlarga ega bo‘lib, ish samaradorligini oshirish, har qanday sharoitlarda qo‘llanilish imkonini beradi.

  • Pedagogik qarovsizlik — shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasiningdezintegrasiya ta’siri oqibati. Ular, avvalambor to‘laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi.

  • Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalar va o‘smirlarni o‘rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiya bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo‘lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptasiyasi, individuallashuvi va integrasiyasiga qaratilgan. Uningob’yekti bola hisoblanib, predmeti bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.

  • Rahmdillik — kimgadir yordam berishga tayyor bo‘lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.

  • Reabilitasiya — bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida kundalik mehnat va hayotga qaytishi. Bu, birinchidan, tibbiyot yordamida insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan, maxsus o‘quv metodlarini qo‘llash, uchinchidan esa, professional tayyorgarlik asosida erishiladi.

  • Referent guruh — inson uchun o‘lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.

  • Refleksiya insonning ichki ruhiy faoliyati bo‘lib, o‘z xatti- harakatlari, xislatlari, holatlarini anglab olishiga qaratilgan; insonning o‘z ma’naviy dunyosini anglab olishi.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling