Ijtimoiy pedagogika


Glossariy Akmeologiya


Download 440.66 Kb.
bet99/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Glossariy


  1. Akmeologiya – (akme – gullagan davr, oliy nuqta, yuqori cho‘qqi) – o‘qituvchi faoliyatida yuksak professionallikka ya’ni kasbiy yetuklikka erishish bilan izohlanadi.

  2. Aksiologiya – ijtimoiy sub’yektlar yaratgan pedagogik qadriyatlar yig‘indisini ifodalab, insonni eng oliy qadriyat deb biladi va jamiyat rivojlanishining maqsadi deb hisoblaydi.

  3. Adaptasiya – insonning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro faol munosabatda bo‘lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.

  4. Abstinensiya – (lotincha abs – uning yo‘qligi, teneo birga bo‘lmoq, yo‘l tutmoq) – narkotik yoki alkogolni iste’mol qilishda birdan tanaffus bo‘lib qolganda narkotik ochlik deb ataluvchi ularning ta’sir qilmay qo‘ygan paytda yuzaga keladigan holati. Bunday ko‘rinishlari: bosh og‘rig‘i, og‘zi qurishi, taxikardiya, ko‘ngil ozishi. Kayfiyati buzilishi, uyqusizlik, qo‘rquv, xavotirlanish, o‘zini o‘ldirishga urinishlar hisoblanadi.

  5. Anamnez – bola haqida ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan ma’lumot olish. Anamnez to‘planayotganda bolaning irsiyligi, boshidan kechirgan kaslliklari, nutqi, o‘yin faoliyatining rivojlanish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlanadi.

  6. Anomaliya – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishning umumiy me’yorlaridan og‘ish.

  7. Anomal bolalar – ruhiy va jismoniy rivojlanishida me’yordan og‘ishish bo‘lgan bolalar.

  8. Alkogolizm – alkogolni suiste’mol qilishdir. Quyidagi turlarini ko‘rsatish qabul qilingan: maishiy ichkilikbozlik, surunkali ichkilikbozlik, alkogolizm psixozlari.

  9. Bolaning ijtimoiylashuvi - uning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi bo‘lib, shu jamiyatga xos bilimlar, qadriyatlar, me’yor va qoidalar, xulq-atvor namunalarini o‘zlashtirishdan iborat (M.A. Galaguzova).


  10. Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling