Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet107/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy tajriba — turli bilim, ko‘nikma va malakalar birligi, xulq-atvor me’yorlari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajribasi, adaptasiya, o‘z-o‘zini anglab olish tajribalari majmuasi.

  • Ijtimoiy tarbiya — shaxsning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarni shakllantirish jarayoni.

  • Ijtimoiy tarbiyada yoshga ko‘ra yondashuv — inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.

  • Ijtimoiy tarbiyaga individual yondashuv — tarbiya- lanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy, ham individ darajasida inobatga olish.

  • Ijtimoiy ta’lim — ta’lim oluvchilarga ijtimoiy bilimlarni hamda ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashuvchi ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.

  • Ijtimoiy ta’minot — davlat moddiy ta’minoti va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi.

  • Ijtimoiy terapiya — davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.

  • Ijtimoiy texnologiya — turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy- pedagogik.

  • Ijtimoiy qarovsizlik — ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.

  • Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.

  • Ijtimoiy hudud - bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsa- buyumlarning qiyofaviy majmuasi.


  • Download 440.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling