Ijtimoiy-huquqiy yordam - inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Ko‘rsatma (ustanovka) — muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo‘lish. Ko‘rsatmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy ko‘rsatmalar kasbiy faoliyatning tavsifini belgilab bersa, ijtimoiy ko‘rsatmalar mutaxassisning mijoz bilan o‘zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.
Sosium — insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.
Submadaniyat — muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik belgilar (me’yor, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tayanch shaxs — insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy andoza. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo‘ladi, biroq ularning namoyon bo‘lishi genetik va tashqi omillarga bog‘liq.
Tibbiy-ijtimoiy yordam — ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘liqni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora- tadbirlar.
Shaxslararo munosabatlar — ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar bo‘lib, bir guruhda bo‘lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Shaxslararo muomala — insonlar orasida aloqalar o‘rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari korreksiyalanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinglay olmasligi, o‘z maqomini oqlash. Ijtimoiy-pedagogik treninglar, boshlang‘ich pedagogik o‘qishlar orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirish mumkin.
Shaxsning hayot tarzi — maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo‘llari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |